Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda yoshlarning innovatsion taklif va g‘oyalari doim qo‘llab-quvvatlanadi

10 Iyul 2026, 13:5 139

Joriy yilning 9-iyul kuni Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida “Kombinatimizda operatsion samaradorlikni oshirish hamda yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus va takliflarni ko‘rib chiqish, ularni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova hamda “Olmaliq KMK“ AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Bexzod Mamatov hamda kombinat tarkibiy bo‘linimalari rahbarlari, mutaxassislar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir mas’ullar kombinatda mahsulot tannarxini tushirish, operatsion samaradorlikni yana-da oshirish, energoresurslarni tejash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan kombinat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalar, innovatsion g‘oyalar va amaliy takliflar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan har bir taklif atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda zarur ko‘maklar berildi.

Tadbir yakunida OKMK yoshlari ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mas’ullar bilan har bir yosh mutaxassis o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oya va loyihalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kombinat mutaxassislari tomonidan taklif etilgan innovatsion ishlanmalarning mavjud kamchiliklari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ularni yana-da takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Yoshlarning tashabbuslari yuqori baholanib, ularni kelgusida yana-da faol bo‘lishga, yangi innovasion g‘oyalarni ilgari surishga va kombinat rivojiga munosib hissa qo‘shishga undaydigan motivatsion muloqot o‘tkazildi.

Mazkur anjuman yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish va kombinatning operasion samaradorligini yana-da yuksaltirish yo‘lida muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Ma’lumot o‘rnida: Ayni paytda kombinatda energoresurslarni tejash bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida OKMKda texnologiya, energetika, mexanika, raqamlashtirish, transport va logistika, metallurgiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha jami 132 ta loyiha taklifi amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida korxonada yillik hisobda 457,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilinadi. Shuningdek, 71 mln kVt/soat elektr energiyasi, 276 ming kub metr tabiiy gaz hamda 13 mln kub metr texnik suv sarfining tejamkorligiga erishildi. Bu ko‘rsatkichlar mahsulot tannarxini pasaytirishning ishonchli va kafolatlangan omillaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, shu kunga qadar 62 ta loyiha to‘liq amalga oshirilib, o‘zining yuqori iqtisodiy samarasini namoyon etdi. Mazkur loyihalar hisobiga qariyb 93,3 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech