"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, boshqaruv va moliya tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish, kadrlar salohiyatini izchil yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, kombinat moliya-iqtisod sohasi vakillarining kasbiy malakasini jahon talablari darajasiga ko'tarish maqsadida navbatdagi yirik tashkiliy ishlar boshlab yuborildi.
OKMK xodimlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MSFO) bazaviy kurslari, xalqaro professional sertifikatlash dasturi (ACCA) fanlari hamda boshqa kasbiy ta'lim yo'nalishlari bo'yicha onlayn o'qitishni tashkil etish va o'tkazish yuzasidan imzolangan shartnoma ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-iyul kuni “Metallurg” madaniyat saroyida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Tadbirda OKMK Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot departamenti, Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish departamenti xodimlari hamda kombinat tarkibiy bo'linmalari buxgalterlari ishtirok etishdi.
Mazkur ta'lim dasturining ishga tushirilishiga bag'ishlangan tadbirda ta'lim beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etib, o'quv jarayonining borishi, ta'lim olish tartibi, maxsus masofaviy ta'lim platformasidan foydalanish qoidalari hamda dastur doirasidagi boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berishdi.
Malakali moliyaviy hisobot mutaxassislarini tayyorlash kombinatning xalqaro bozorlardagi nufuzi va investitsiyaviy faolligini ta'minlashda bosh omillardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, o'quv jarayonlarining sifati va samaradorligini ichki nazorat qilish maqsadida har bir bo'linmada maxsus mas'ul shaxslar belgilandi. Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olib, bo'lajak o'quv kurslarining yo'nalishlarini muhokama qilishdi.
Start olgan mazkur maqsadli loyiha kombinatda moliyaviy hisob tizimini shaffoflashtirish, zamonaviy raqamli ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda xodimlarning intellektual salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati