• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKning Parkent tumaniga ko‘magi

18 Iyul 2023, 8:59 1208

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarish jarayonida faol balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, hozirda kombinat Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahrining infratuzilmasini rivojlantirishdan tashqari Parkent tumaniga ham yordam bermoqda.

Ayni paytda Chotqol tog‘ tizmasi yon bag‘ridagi Qizil tog‘ qo‘rg‘onining madaniyat markazi kombinatning “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlari tomonidan kapital ta'mirdan chiqarilyapti.

Mazkur ob'yekt 1958-yilda qurilgan bo‘lib, to shu kunga qadar kichik ta'mirlash ishlari bilan cheklangan. Bu esa hududdagi o‘g‘il- qizlarning san'at sohasidagi iqtidorlarini to‘liq namoyon etishlari uchun biroz noqulaylik tug‘dirayotgan edi.  

Ta'mirlash ishlari joriy yilning 4-aprel kuni boshlangan bo‘lsa ob'yekt mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur jarayonlarga trestning 92 nafar mehnatkashlari va 3 ta maxsus texnikalari safarbar etilib, ular ob'yektni muddatidan oldin topshirishga harakat qilishmoqda.

Bugungi kunga qadar ob'yektning tom qismidagi shiferlar profnastilga almashtirildi. Fasad qismi, va xonalar suvoqdan chiqarilib, pardoz ishlari boshlandi. Oynalar va isitish tizimi ham plastik mahsulotlarga o‘zgartirildi. Umuman olganda ta'mir ishlari 60 foizga yakunlangan. Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, binoda yoritish tizmi iqtisodiy tejamkor chiroqlar bilan jihozlanadi.

Ma'lumot uchun madaniyat markazida 2 ta katta katta tomoshalar zali bor. Ularning biri 350 o‘rinlik ikinchisi esa 120 kishini sig‘dira oladi. Bundan tashqari, 12 ta to‘garaklar uchun xonalar mavjud.

Hududda istiqomat qilayotgan aholi markazning ta'mirlanayotganidan juda mamnun. Ular yurtimizdagi o‘zgarishlar negizida oqilona siyosat sabab deya takidlashmoqda. 

Xalqimiz azal-azaldan san'atga, oshno. Chunki ijod fuqarolarimizning ruhiyati, dunyoqarashi va madaniyati bilan uzviy bog‘liq. Shu bois bo‘lsa farzandlarimizni bitta bo‘lsa ham musaqa asobini o‘rganishi uchun harkat qilamiz. Muxtasar aytganda ta'mirlash jarayonlari yakunlangach, madaniyat markazida yoshlar qamrovi yanada kengayadi. Yangi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa iqtidorli yoshlarning ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech