• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oliygoh bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

16 Iyul 2024, 15:14 1108

Joriy yilning 16-iyul kuni “Metallurg” MSda MTTU MISiS Olmaliq filiali bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisining ikkinchi kotibi Ilya Matveyev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirzabek Hasanov, OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov, MTTU MISiS Olmaliq filiali direktor Farhodbek Umarov va filialning biznes hamkorlari talabalarga katta hayot yo‘lida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Tadbir avvalida oliygoh faoliyatini aks ettiruvchi videofilm namoyish etilib, MISiS rektori A.Chernikovaning talabalarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbir mehmonlari tomonidan filialning “Metallurgiya” va “Ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha 70 nafar bitiruvchiga tantanali ravishda bakalavr diplomlari topshirildi. Bitiruvchilarning 13 nafari oliygohni a'lo baholarga tamomlashdi.  Oliygoh bitiruvchilarining asosiy qismi yurtimiz korxonalariga ishga joylashishgan bo‘lib, 30%ga yaqini esa Rossiyadagi universitetda magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishadi.   

Bir guruh talabalar ustoz va o‘qitiuvchilarga, oliygohni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan OKMK rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Ma'lumot uchun: oliygohning Olmaliq filiali Prezidentimizning 2018-yil 11-maydagi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, filial texnika va texnologiya sohasida mukammal mutaxassislar tayyorlaydigan ta'lim muassasasidir. “Metallurgiya” va “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yo‘nalishlarining bakalavr bosqichi ilk qaldirg‘ochlari 2022-yilda uchirma bo‘lishgan. “Kon ishi” mutaxassisligi bo‘yicha( o‘qish muddati 5,5 yil) ilk bitiruvchilar 2024-yilda filialni  tamomlashgan.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab mavjud “Metallurgiya” va “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” bakalavr yo‘nalishlari hamda “Kon ishi” mutaxassisligidan tashqari, yana 2 ta hozirda talabgir sohalar – “Axborot texnologiyalari” va “Iqtisodiyot” mutaxassisliklari bo‘yicha abiturientlar qabul qilinmoqda. Kelgusida esa “Energetika” mutaxassisligi bo‘yicha ham yoshlar o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech