"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Sustainable Fitch reyting agentligi «Olmaliq KMK» AJga ESG Entity Rating «3» darajali reytingini va 56 ballni belgiladi. Bu kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini, shuningdek, ijobiy boshqaruv va ekologik profilini, tog‘-kon va metallurgiya sanoatiga xos ekologik muammolarni hisobga olgan holda muvozanatlashtirilganligini aks ettiradi.
Bu Respublika kon-metallurgiya sanoati sohalari ichida eng yuqori koʼrsatkich hisoblanadi.
Baholash kompaniyaning talablarga muvofiqligi, tasnif(taksonomiya)larga rioya qilishi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasi va ESG mezonlarini biznes, strategiya va boshqaruvga integratsiya qilishini qamrab oladi.
OKMK Axborot xizmati