Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Rivojlanayotgan davlatlarda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor, ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot yetkazib berishning asosi sanaladi. Bu borada OKMKda ham texnik ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy qilish va rivojlantirish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar ko’lami doirasida Milliy texnolagik tadqiqotlar MISiSning Olmaliq filialida “Olmaliqda flotatsiya, separatsiya, va maydalash texnologiyalari” mavzusida texnik seminar boʻlib oʻtdi.
OKMK tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda global muhandislik provayderi FLSmidth vakillari spiker sifatida ishtirok etishdi.
AQSH, Germaniya, Kanada davlatlaridan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar ishlab chiqarishda zamonaviy flotsatsiya mashinalarining foydalari hamda maydalash texnologiyalarning yangilangan texnikalari haqida kombinat mutaxasislariga ma’lumot berishdi.
Shuningdek seminarda ishtirok etgan Milliy texnolagik tadqiqotlar MISiSning Olmaliq filialida talabalari ham oʻz bilimlarini mustahkamlashdi.
Oʻtkazilgan seminardan olingan kerakli koʻnikmalar OKMK mutaxassislarining ish faoliyati samaradorligiga yordam beradi.
Taqdimot davomida OKMKda misni eritish zavodini optimallashtirish, yangi loyihalarni takomillashtirish kabi masalalar batafsil muhokama etildi.
Axborot xizmati