Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olovni emas, xavfsizlikni yoqing!

05 Iyun 2025, 8:12 897

Bugungi kunda yurtimizda xavfsizlik masalasi, ayniqsa yongʻin xavfsizligi dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Koʻplab hollarda yongʻinlar beparvolik, e’tiborsizlik va eng asosiysi, xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik oqibatida sodir boʻlmoqda. Aslida esa bularning oldini olish mumkin – agar biz “olovni emas, xavfsizlikni yoqsak”. Soʻnggi yillarda respublikamizda sodir boʻlgan yongʻin holatlarini tahlil qilar ekanmiz, ularning aksariyati oddiy qoidabuzarliklar sababli kelib chiqqani ayon boʻladi. Har bir xonadonda, har bir tashkilot va korxonada yongʻin xavfsizligi boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Shu maqsadda, yongʻinlarni oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida yurtimizda Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yilning 20-mayidan 20-iyun kuniga qadar “Dolzarb 30 kun” tadbiri e’lon qilindi.Ushbu tadbir davomida OKMK obyektlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlash tashkil etish boʻlimi inspektorlari tomonidan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Rux zavodi ishchi-xodimlariga yongʻinlar va turli xildagi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishi, bunday vaziyatlarda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berib borilayapti. Hududni  keng koʻlamli chiqindi, yonuvchi materiallardan, quruq oʻt-maysalardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xulosa oʻrnida shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, yongʻin ogohlantirmasdan keladi, uning natijasi esa moddiy zarar, ekologik ofat, hatto inson hayoti evaziga boʻlishi mumkin.

Qutbiddin Abduvaitov,

OKMK AJ OYoXTTEB inspektori

Bo`lishmoq:
Text to speech