• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Oltin olma” pansionati 20 yoshda

06 Iyun 2023, 16:46 2279

2003 yili mart oyida “Oltin olma” pansionati oʻz faoliyati boshlagan edi. Gʻarbiy Tyan Shan togʻi tizmalari va Chorvoq suv ombori sohilida joylashgan mazkur dam olish maskanining tashkil topganligiga 20 yil toʻldi. Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 5 iyun kuni pansionat mehnat jamoasi uchun bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida soʻz olgan OKMK boshqaruvining raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sa’di Shermatov kombinat boshqaruv raisi Abdulla Xursanovning mehnat jamoasiga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Kombinat ishchi-xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarida, ushbu dam olish maskani muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Sana munosabati bilan bir guruh pansionat ishchi-xodimlari “Mehnat faxriysi” unvoni, Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, tadbirda bir guruh ilgʻor pansionat ishchi-xodimlari ham kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi  tomonidan Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan ajoyib konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bahavo togʻ bagʻrida joylashgan ushbu dam olish maskani oʻtgan davr mobaynida kombinat ishchi-xodimlarining e’tirofini qozondi.

Pansionat direktori Timur Akramovning ma’lumotiga koʻra, dam olish maskani 3ta korpusdan iborat. Yotoqxona korpusi, sogʻlomlashtirish va jamoat korpuslaridir. Yotoqxona korpusida  50ta nomer boʻlib, ularning, 16tasi lyuks,17tasi  yarim lyuks, 17tasi bir oʻrinli nomerlar.

Sogʻlomlashtirish korpusida yopiq basseyn, sauna, trenajyor zali, billyardxona va stol tennisi xonalari mavjud boʻlib, dam oluvchilar bemalol boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Maishiy korpusda konferens zali, oshxona va disko klublari faoliyat yuritadi.

Hududda bolalar maydonchasi, ochiq basseyn, tenis korti hamda Chorvoq suv ombori sohilida plyaj dam oluvchilar xizmatida.

Bugungi kunda pansionat kombinat ishichi-xodimlari va oila a’zolariga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Yana bir e’tiborli jihat, maskan dam oluvchilarni seshanba-payshanba va shanba kunlari qabul qiladi. 2 kunlik dam olish bahosi kombinat ishchi-xodimlari va oila a’zolariga imtiyozli narxlarda belgilangan. Jumladan, ishchi-xodimlar umumiy dam olish bahosining 30%ini, oila a’zolari esa 50%ni toʻlashadi.

2022 yilda pansionatda 12 000 nafar kombinat ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolari maroqli dam olishgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech