"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ijtimoiy sohani faol ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan OKMK tomonidan 2025-yilda ham ushbu yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yilning dastlabki oyidanoq “Oltin olma” xiyobonini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti bosh muhandisi v.b. Hasanali Ahmedovning ma'lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktyabrdagi “2025-2026 yillarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 654-sonli qaroriga asosan, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan shahrimizdagi “Oltin olma” xiyoboni hamda “Yoshlar bog‘i”ni qayta rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Chora-tadbirlarga muvofiq, rekonstruksiya ishlarining loyiha smeta hujjatlari tayyorlandi.
Hozirgi kunda trest ishchi-xodimlari tomonidan “Oltin olma” xiyobonida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ta'mir ishlari davomida xiyobonning 7200 kvadrat metr yo‘laklari yangilanadi. Shu kungacha 800 kvadrat metr maydon yo‘laklari demontaj qilindi. Ta'mirlash ishlari 2025-yil 30-aprelga qadar tugallanishi belgilangan.
Ta'mir ishlari davomida xiyobon va bog‘dagi yoritish va sug‘orish tizimlari, o‘rindiqlar, shiyponchalar yangilanishi ko‘zda tutilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu dam olish maskanlari yangi qiyofaga keltiriladi.
Ma'lumot uchun: “Oltin olma” xiyoboni 2009-yil 13-may kuni OKMK homiyligida qurilib, kombinatning 60 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan. Xiyobonda sun'iy tog‘ va sharshara, favvoralar hamda o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Axborot xizmati