Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332022 yil 4 iyun kuni Davlat ekologiya qoʻmitasi va OKMK hamkorligida 5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Sa’di Shermatov, Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi maslahatchisi Sultonmurod Tashimov, Olmaliq shahar hokimligi mas’ullari,Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Olmaliq shahar boʻlimi xodimlari, soha vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan S.Shermatov atrof-muhit muhofazasi boʻyicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar xususida mahlumot berib oʻtdi. Jumladan, OKMKda ekologik jarayonlarni jahon standartlariga muvofiqlashtirish borasida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, bugungi kunda ijrosi ta’minlanmoqda. Soʻnggi yillarda kombinatda atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilash borasida mavjud uskuna va jihozlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borildi.
Bular jumlasiga, Rux zavodida ma’nan eskirgan texnologik uskunalarni almashtirilishi evaziga atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirishga qaratilgan toʻliq rekonstruksiya va modernizatsiyalash ishlarini kiritish mumkin.
Bundan tashqari, Mis eritish zavodi gazlarni tozalash uskunalari tizimining rekonstruksiya qilinishi, kombinat mis boyitish fabrikalaridagi ventilyatsiya va aspiratsiya qurilmalarida olib borilgan kapital va joriy ta’mirlarini ham shu tadbirlar qatoriga kiritish mumkin.
Umuman olganda 2021 yilda tizimlarda kapital va joriy ta’mir ishlarini olib borish hamda atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlariga 17,8 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirildi.
“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida kombinat tomonidan oʻtgan hisobot yilida 190 mingdan ziyod daraxtlar, butalar ekilishi va parvarishlanishiga muvaffaq boʻlindi.
Joriy yil bahorida ekobogʻlar yaratilib, 30 mingdan ziyod manzarali koʻchatlar va archalar ekildi.
Shu bilan bir qatorda, 2022-2025 yillarga moʻljallangan, atmosferaga zararli chiqindilar tashlanishini keskin kamaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur loyihalar doirasida kombinatning asosiy ishlab chiqarish boʻgʻini Mis eritish zavodining konverter boʻlimini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, aynan mazkur korxonada yillik ishlab chiqarish quvvati 1,8 mln. tonnaga teng boʻlgan yangi 5-sul’fat kislotasi sexini, Rux zavodida yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonnani tashkil qiladigan 6-sonli sul’fat kislotasi sexini qurish belgilangan. Shuningdek, Markaziy ta’mirlash va mexanika zavodining quyish sexidagi chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini toʻliq almashtirish, Mis boyitish fabrikasining aspiratsiya-ventilyatsiya tizimlarini toʻliq yangilash kabi loyihalardir.
Ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, sanoat chiqindilarini toʻplash va qayta ishlash tizimlarini takomillashtirish borasida ham bir qator loyihalar amalga oshirib borilayapti.
Tadbirda “Olmaliq KMK” AJ tizimida mehnat qilayotgan bir guruh faol soha vakillari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Qoʻmita vakillari va kombinat ekologiya sohasi xodimlari bilan shu kabi tadbirlarni koʻpaytirish hamda ekologik vaziyatni yaxshilashga varatilgan chora tadbirlar ijrosi yuzasidan fikrlar almashildi.
Tadbirda “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tijoratlashtirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovi ham oʻtkazilishini e’lon qilindi.
Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Qalmoqqir va Yoshlik-I konlariga ham tashrif buyurishdi.
Sanoat hududida tashkil etilgan ekobogʻga ekskursiya tashkil etildi. Mazkur bogʻda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soha mutaxassislarini jalb etilgan holda tadbir ishtirokchilariga daraxtlarni parvarishlash va sugʻorish boʻyicha “Master klass” ham oʻtkazildi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda sana munosabati bilan Boʻka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyining 50 nafar tarbiyalanuvchilariga “Afsona” tantanalar majmuida bayram dasturxoni yozildi.
Tashkilotchilar tomonidan mehribonlik uyiga muzlatgich sovgʻa qilindi.
“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan bayram konserti taqdim etildi.
Axborot xizmati