• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Ona tilim – millatning ruhi”

20 Oktyabr 2023, 9:10 973

Ona tilim - yurak qatimdan,

Mehr bo‘lib sochilgan jarang.

Qulog‘imga go‘dak paytimdan,

Alla bo‘lib singigan ohang.

Ona tilim - necha asrlar,

Kurashida yenggan polvonim.

Necha ajdod, necha nasllar,

Suyib o‘tgan turkiy zabonim.

Joriy yilning 19-oktabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim – millatning ruhi” deb nomlangan ma'rifiy-madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shodmonqul Salom so‘z olib barchani O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etishdi.

Shundan so‘ng, 21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan "She'rxonlik", “Eng yaxshi videorolik”, “Zakovat” kabi tanlovlarning g‘oliblari taqdirlandi.

Jumladan, she'rxonlik tanlovida 3-o‘rin Go‘zalxon Joʻrayevaga( Olmaliq shahar 22-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi) nasib etdi.

2-o‘rinni esa Nigora Sadirova(IOB 21-MTT tarbiyachisi) egalladi.

1-o‘ringa Bunyod Xudoyberdiev(MTMZ TMU ishchisi) loyiq ko‘rildi.

"Eng yaxshi Videorolik" tanlovida Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, O‘quv markazi hamda Qalmoqqir kon boshqarmasi mehnat jamoalari g‘olib bo‘lishdi.

"Zakovat" intellektual o‘yinida esa o‘rin Mis boyitish fabrikasi, Qalmoqqir KB, Avtomobil transporti boshqarmasi jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Tadbirda bayram munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari tomonidan tayyorlangan videochellenj namoyish etildi.

“Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan ona tilimizni asrab avaylashda hamda uning rivoji uchun katta hissa qo‘shgan buyuk ajdodimiz, mashhur “Devonu lug‘atit turk” kitobini muallifi Mahmud Qoshg‘ariy, Sohibqiron Amir Temur, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy kabi bobolarimiz obrazlarining gavdalantirilishi tomoshabinlarda katta tassurot qoldirdi.

Mahmud Qoshg‘ariy - o‘zbek tilini saqlash hamda sizlarga yetkazish maqsadida ko‘plab tillarni o‘rganib chiqdim qolaversa qadimiy turk tilining har bir so‘zini tub ma'no mohiyatini anglash uchun juda xam ko‘p vaqt sarfladim, qolaversa qadimiy davrga borib taqalgan ko‘plab tillarni, qadimiy sanalgan urf-odatlarimizni jamlagan “Devonu lug‘atit turk” kitobimni sizlarga qoldirmoqdaman, bu kitob tilshunoslar, folklorchilar hamda  adabiyotshunoslarga juda xam katta yordam beradi, “Farzandlarim, sizlarga yaxshilikka eltuvchi pand- nasihat me'rosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsangiz unga doimo ergashing, Yaxshilik qilishga shoshiling maqsadingizga erishgach undan g‘ururlanmang”.

Amir Temur - Har bir millat o‘zligini, milliy qadriyatlarini belgilab turadigan o‘z tili mavjud, agar millatning o‘z tili bo‘lmasa o‘sha millat kimgadir qaram bo‘lib qoladi, agar shunday bo‘lsa bu millatning qadriyatlari, urf-odatlari hammasi yakson bo‘ladi. Urf-odatlari yakson bo‘lgan millat, millat emas, ona tilimizni ne-ne ota-bobolarimiz asrab avaylab kelgan, biz xam uni sizlarga asrab avaylab topshirdik, sizlar xam uni kelajak avlod uchun asrashingiz kerak. Biz jangchilar ona-tilimizni asrab avaylash uchun o‘z jonimizni fido qilganmiz Vatanimiz, millatimiz uchun doim ko‘ksimiz qalqon bo‘lgan. Shuni ham esdan chiqarmangki "Kuch doim adolatdadir"

Alisher Navoiy

Donayi dur so‘zini afsona bil

So‘zni jahon bag‘rida durdona bil

So‘z qotig‘i el ko‘ngliga ozor aylar

Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar

O‘zbek tili dunyodagi jamiyki tillardan boy hisoblanadi. O‘zbek tilida yaratgan asarlarim siz aziz farzandlarimga tilimizning nechog‘lik boy tillar qatorida ekanligini anglatib turadi degan umiddaman. Milliy tilimiz shunchalik boyki bir so‘zning tagida juda ham ko‘plab ma'nolar yotadi. Faqat uni kitobxon ziyraklik bilan tushunib yetishi mumkin. Mana shunday buyuk tilni sizlarga qoldirmoqdamiz, uni asrab avaylang.

Tadbir davomida she'rxonlik tanlovi g‘oliblari o‘z ijod namunalarini o‘qishdi. “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech