Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlari, rahbarlar va mutaxassislarini qayta tayorlash va malakasini oshirish boʻyicha 2024 yil fevral oyi uchun belgilangan rejaga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 607 nafar ishchi-xodimning malakasi oshirildi. 279 nafar ishchilar kasb–hunarga qayta tayorlandi. 242 nafar muhandis texnik xodimlarning malakasi oshirilib, qayta tayyorlandi. 1176 nafar xodimlar LMS platformasidan foydalanishdi.
OKMK Oʻzbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy oʻquv yurti va Rossiya Federatsiyasining MTTU “MISiS” universiteti va filiallari bilan oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni olib boradi. Hozirgi kunda umumiy talabalar soni 189 nafarni tashkil etadi. Bundan 11 nafar talaba OTMlarning kunduzgi va 178 nafar talaba sirtqi va kechki boʻlimlarida taʼlim oladi.
Oʻquv markazi Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida kombinat mutaxassislar tomonidan seminar oʻtkazildi.
Toshkent davlat transport universiteti professor va katta oʻqituvchilari tomonidan kombinatning zaxiradagi 100 nafar rahbar va mutaxassis kadrlari uchun “Loyiha boshqaruvi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Shuningdek, ushbu oliygoh fakultetlarining 168 nafar uchinchi va toʻrtinchi bosqich talabalari kombinat tarkibiy boʻlinmalarida amaliyot oʻtash uchun saralanib olindi. Yan bir ahamiyatli jihat “Olmaliq KMK” AJning Avtomobil transport boshqarmasida mazkur ta`lim dargohing kafedrasi ochildi.
Bundan tashqari,Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Islom akademiyasi, Toshkent Kimyoviy texnologiyalar instituti hamda Toshkent shahridagi Adju universitetining jami 160 nafar bakalavr bosqich talabalari, shuningdek Neft va gaz oliy maktabining 1 nafar magistranti uchun kombinat tarkibiy korxonalarida amaliyot tashkillashtirildi.
Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi va Mis eritish zavodidagi kafedralarda MISiS Olmaliq filialining 50 nafar talabalari uchun dual taʼlim mashgʻulotlari tashkil etildi.
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining 110 nafar talabalari uchun Qalmoqqir KBga ekskursiya uyushtirildi.
“Olmaliq KMK” AJ va Toshkent davlat arxitektura instituti oʻrtasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha shartnoma tuzildi.
Kombinat tarkibiy boʻlinmalarida Olmaliq kon-metallurgiya kollejining 76 nafar 1-kurs va 29 nafar 2-kurs talabalari uchun amaliyot davom etmoqda.
Olmaliq konchilik maktabining 66 nafar oʻquvchilari uchun Rux zavodi, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi va Mis eritish zavodiga ekskursiya tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kollejining dual taʼlim tamoyili asosida tahsil olayotgan 14 nafar oʻquvchilari uchun kombinat tarkibiy boʻlinmalarida amaliyot davom etmoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kollejining normativ hujjatlari, oʻquv bazasi, ishchi dasturlari, pedagog xodimlarning bilim va salohiyatlari “Olmaliq KMK” AJ mutaxassislari tomonidan oʻrganildi.
“Eng yaxshi amaliyotchi” Nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Kombinat Oʻquv markazi tomonidan Olmaliq shahar hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va aholining bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda ishchi kasblarga qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilindi. Hozirgi kunda Payvandlash kasbi boʻyicha 60 nafar tinglovchilar uchun qisqa muddatli oʻquv kursi davom etmoqda.
OKMK xodimlarini masofaviy oʻqitish maqsadida Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi hamda Samarali yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish mavzusida onlayn kurslar tayyorlandi va LMS elektron ta’lim platformasiga joylashtirildi. Ushbu kurslarda bugungi kunda masofaviy usulda 11 nafar kombinat xodimlari eshtirok etmoqda.
Tarkibiy boʻlinmalar ekspertlari bilan hamkorlikda "Boyitish mahsulotlari nazoratchisi” kasb standarti, “Konvertorchi”, "Boyitish mahsulotlari nazoratchisi”, “Ortish mashinasi mashinisti” kasbi boʻyicha baholash vositalari ishlab chiqildi.
Kasb standartlari reestrida roʻyxatdan oʻtgan hamda kombinat kasblariga mos boʻlgan kasb standartlari jamlandi va tegishli tarkibiy bo`linmalariga berildi.
“Olmaliq KMK” AJning asosiy ishchi kasblari boʻyicha 200 ta test savollari, 20 ta sinov ishlari tayyorlandi.
2-Mis boyitish fabrikasi, Rux zavodi hamda Qalmoqqir KBda muhandis-texnik xodimlarining malakaviy sinov imtihonlari oʻtkazildi.
Muhandis texnik xodimlar uchun kasbiy malaka va mehnat muhofazasi hamda IQ darajalarini aniqlash maqsadida 62 nafar MTX malakasi baholandi. Imtihon yakuni boʻyicha bayonnoma tayyorlandi va rasmiylashtirildi.
Kombinat tarkibiy korxonalari mutaxassislaridan test savollari olindi va jamlandi. Fevral oyida “My test” dasturiga 181 ta test savollari joylashtirildi.
Kombinat miqyosida “World Skills” talablari asosida kasblar festivali Nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Joriy yilning 8-fevral kuni Toshkent shahridagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi KOICA rahbari bilan MBM ish faoliyatini oʻrganish hamda tajriba almashish yoʻlga qoʻyildi.
Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi rahbari Aygul Sattarova bilan hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
“Olmaliq KMK” AJga ishga yangi qabul qilingan xodimlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazilib jurnalga registratsiya qilindi. Umumiy hisobda 235 nafar yangi ishga qabul qilingan ishchilarga xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasi oʻtkazildi.
Doniyor Karimov,
Oʻquv markaz rahbari