• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘quv mashg‘uloti qoniqarli baholandi

28 May 2024, 13:41 871

Joriy yilning 22-may kuni ertalab taxminan 09:00 larda 6,2 balli yer silkinishi oqibatida Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasining markaziy ombor hududida 2-raqamli hajmi 1000 m kub bo‘lgan sig‘imning ost qismi yorilib ketadi. Natijada yoqilg‘i mahsuloti oqib, yong‘in yuzaga kelgan va 2 nafar ishchi jarohatlanadi.

Soat 09:03da boshqarma smena operatori yong‘inni ko‘rishi bilan favqulodda vaziyatlar va favqulodda holatlar yuz berganda xabardor qilish yo‘riqnomasi va sxemasiga asosan birinchi bo‘lib Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimiga va markaziy ombor katta omborchisiga xabar berdi.

Soat 09:05 da katta omborchi zudlik bilan OKMK obyektlarida yong‘inni bartaraf etishni tashkil etishni ta'minlash bo‘limi va Fuqaro muhofazasi otryadiga xabar bergandan keyin ogohlantirish (sirena) signalini ishga tushirdi.

Soat 09:07da voqea joyiga yetib kelgan boshqarma shtab boshlig‘i boshqarmaning barcha ishchi-xodimlarini voqea joyiga jalb etib, elektr uskunalarini elektr tokidan ajratish va sig‘im zulfinlarini yopish uchun markaziy ombor navbatchi xodimlariga topshiriq berdi.

Soat 09:10da navbatchi xodimlar o‘zlariga topshirilgan vazifalarni bajarib, shtab boshlig‘iga hisobot berib, voqea joyida jabrlanuvchilar bor ekanligini ma'lum qildi.

Soat 09:12da shtab boshlig‘i yong‘inni kengayib ketishini oldini olish maqsadida, korxona ko‘ngilli o‘t o‘chirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish guruhlariga topshiriq berdi.

Soat 09:16da esa shtab boshlig‘i OYoXTTEB guruhi komandiriga yong‘in haqida va sig‘imda saqlanayotgan neft mahsuloti to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlarni berdi. Guruh zudlik bilan sig‘imlarga yong‘in o‘tishini oldini olish choralarini ko‘rib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlashdi.

Soat 09:30da esa yong'in to‘liq bartaraf etildi.

Soat 09:50da FMO qutqaruv guruhi jabrlangan ishchi-xodimlarni xavfsiz joyga olib o‘tib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishdi. Jabrlanuvchilar tez tibbiy yordam avtoulovida shahar tibbiyot birlashmasiga yuborildi.

Ushbu holatlar Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi markaziy ombor hududida o‘tkazilgan "Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar ta'siri ostida qolgan hududlarda xabarlarni yetkazish, odamlarni favqulodda evakuatsiya qilish, odamlarning hayotiy ta'minotini tashkillashtirish tartiblari" mavzusidagi kompleks obyekt o‘quv mashg‘uloti ssenariysidan edi.

Tadbirda so‘z olgan FM otryadi komandiri Q.Dushanov o‘quv mashg‘ulot davomida korxona tuzilmalarining hatti-harakatini tahlil qilar ekan, o‘quv mashg‘ulotini qoniqarli baholadi.

Bahrom Mambetov,

NMTB mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis

Bo`lishmoq:
Text to speech