Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mashqda g‘olib bo‘lgan jangda yengilmaydi deyishadi. Haqiqatan mashqdagi har qanday qiyinchilik kishini toblashi aniq. Ayni mana shu mezon favqulodda vaziyatlardagi ogohlikni oshirishda juda muhim.
Murakkab mehnat jarayonlari olib boriladigan sanoatda ishchilarning fuqaro muhofazasi borasidagi bilimlarini mustahkamlash xavfni bartaraf etish hamda ortiqcha vahimani yo‘qotishda qo‘l keladi. Shu bois OKMK bo‘linmalarida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib kelinadi. Ularning navbatdagisi Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining mexanik yig‘uv sexida bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘uloti dasturiga ko‘ra, ayni shu kuni zilzila yuz berib elektr tarmoqlarining shikastlanishi natijasida yong‘in sodir bo‘ladi. Uskuna va turli vositalarning qulashi oqibatida esa sexdagi bir necha ishchini yuk bosib qolishi kuzatiladi.
Ayni shu holatda har bir ishchining tezkorligi va to‘g‘ri qaror qabul qilishi tekshirildi. Ular tomonidan Dispetcherga zudlik bilan xabar berilib, birinchi navbatda jarohatlangan va xavf ostidagilarga ko‘mak berish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, fuqaro muhofazasi otryadlari yordamida yong‘in bartaraf etildi. Shuningdek, gaztarmoqlarining buzilmaganligi, havoni zararlamayotgani o‘rganilib, ishchilarning binoni tark etishi ta'minlandi.
O‘quv mashg‘uloti davomida zararlanganlarni xavfsizlantirish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etilishi baholandi.
Mashg‘ulot OKMK fuqaro muhofazasi otryadi, korxona obyektlarida fuqaro muhofazasini ta'minlash bo‘limi, kasaba uyushmasi tibbiyot xodimlari tomonidan baholandi.
Bunda sexning ko‘ngilli yong‘in o‘chirish hamda qutqaruvchilar drujinalari shuningdek, ishchilarning hatti xarakatlarida biroz kamchiliklar kuzatilgani bois o‘quv mashg‘uloti yaxshi deya baholandi.
Axborot xizmati