Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oromgoh tashkilotchilari uchun yangi bosqich: Ilk mashg‘ulotlar boshlandi

08 Aprel 2026, 13:40 102

2026-yilgi yoz mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bolalar oromgohlari uchun mas’ul bo‘lgan tarbiyachi, yetakchi va murabbiylar uchun o‘quv dasturi amaliyotga tatbiq etila boshlandi.

Kuni kecha start olgan mazkur kurslarning ilk mashg‘uloti yuqori ko‘tarinkilikda o‘tkazildi.

Dasturning o‘ziga xos jihati shundaki, bu yil nafaqat tarbiyachilar, balki sport seksiyalari rahbarlari va murabbiylar ham faol jalb etilgan. Bu bolalarning nafaqat ma’naviy, balki jismoniy tarbiyasiga ham mas’ul bo‘lgan jamoani birlashtirishga xizmat qiladi.

Mashg‘ulotning ilk kunda tinglovchilar o‘quv jarayonining ichki tartib-qoidalari va kombinat tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalar bilan tanishishdi.

Bolalar bilan ishlashda axborot xavfsizligi va shaxsiy mas’uliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Murabbiy va yetakchilar uchun bolalar bilan ijobiy munosabat o‘rnatish, jamoada sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha dastlabki tavsiyalar berildi.

Kechagi mashg‘ulot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Oldinda tinglovchilarni oromgoh kun tartibini to‘g‘ri taqsimlash, zamonaviy ta’lim uslublari va kasbiy etika bo‘yicha navbatdagi qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda.

Bu kabi o‘quvlar yoz davomida minglab farzandlarimizning xavfsiz va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun mustahkam zamin bo‘ladi.

Umida Djalilova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech