Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishchi-xodimlar va mas'ul rahbarlar o‘rtasida murojaatlar yuzasidan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda ishchi-xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tahlil qilindi.
Tadbirda OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov va boshqa bir qator mas'ullar ishtirok etishdi.
Mas'ullar rahbariyat har doim ishchilarni tinglashga tayyor ekanligini ma'lum qilishdi.
Tadbir davomida bu yil o‘zining 70 yilligini nishonlagan boshqarmada amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyihalar bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
Sex boshliqlari va ishchi-xodimlar tomonidan 70 yillik bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda nishonlanganligi, bu kabi e'tibor uchun rahbariyatga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tadbirda yana bir bor har bir kamchilik va muammo hamjihatlikda bartaraf etilishi ta'kidlandi.
Axborot xizmati