"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332022 yil 25 iyun kuni «Goʻzal» tantanalar majmuasida 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
OKMK rahbariyati tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida Respublika, viloyat, Olmaliq shahar OAV vakillari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi mas’ullari va kombinat Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Bayram tadbirida soʻz olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov mamlakatimizda soʻz erkinligi borasida olib borilayotgan oʻzgarishlar, soha vakillariga boʻlgan e’tibor haqida toʻxtalib, OAV vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda Kombinat rahbariyati va Olmaliq shahar hokimligi tomonidan bir guruh faol OAV vakillari Faxriy Yorliq, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
«Metallurg» MS badiiy dastalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.
Ayniqsa, OKMK Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan koʻngilochar sovrinli oʻyinlar bayram tadbiriga oʻzgacha zavq bagʻishladi.
Ma’lumot oʻrnida aytish mumkinki, mamalakat mediamakonida Olmaliq shahri oʻziga xos oʻrniga ega. Hozirda shahrimizda 2 ta ijtimoiy siyosiy va 2 ta tarmoq gazetalari, 1 ta telekanal hamda qator veb saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda kanal va sahifalar faoliyat yuritib keladi.

OKMK Axborot xizmati