• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oʻzbegim mard yigitlari

10 Mart 2022, 15:6 1526

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan kombinat tarkibiy boʻlinmalarida mehnat qilayotgan 18-30 yoshgacha boʻlgan yigitlar oʻrtasida “Oʻzbegim mard yigitlari” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, “Mard oʻgʻlon yurt tayanchi”, “Vaziyatdan chiqing”, “Sirli shart” kabi shartlarni bajarishdi.

Tanlov natijalariga koʻra,  “Eng mahoratli” nominatsiyasiga Mis eritish zavodi energiya sexi elektrgaz payvandchisi Temur Urazaliev loyiq koʻrildi.

Texnologik transport boshqarmasi sharafini himoya qilgan elektrgazpayvandchisi Shahobiddin Qahhorov “Eng jasur” nominatsiyasiga sazovor boʻldi.

“Eng ziyrak” nominatsiyasi esa Markaziy analitik laboratoriyasi laboranti Doniyor Qayumovga nasib etdi.

 Sherobod sement zavodi mexanik uskunalari moylovchisi Zuhriddin Maxmatmurodov “Eng iste’dodli” nominatsiyasi nominanti boʻldi.

Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati oʻqchisi Lazizjon Umurqulov esa “Eng quvnoq” deya e’tirof etildi.

Mis boyitish fabrikasi sharafini himoya qilgan konveyr mashinisti  Umid Oʻsarov “Eng mard yigit” nominatsiyasiga munosib koʻrildi.

Tanlov gʻoliblari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Ranoxon Xolxoʻjayeva,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

madaniyat va ma’rifat masalalari boʻyicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech