"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha davlat va jamoat tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari hamda muassasalarda bayramona tadbirlar, uchrashuvlar va taqdirlash marosimlari yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 27-avgust kuni “Metallurg” madaniyat saroyida ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida “Mustaqillik qadri” videoroligi namoyish etildi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi Abdulla Xursanov davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilgan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etdi. Boshqaruv raisi o‘z nutqida ushbu yuksak e’tibor va rag‘batni eng avvalo ko‘p ming kishilik kombinat jamoasining mashaqqatli mehnatiga berilgan baho hamda davlatimiz rahbarining korxonaga bo‘lgan yuksak ishonchi ramzi ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mustaqillik xalqimizga bergan bebaho ne’matlar, Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarning bosh mezoni va zamirida, avvalo, inson manfaatlarini ta’minlash ekanliginini qayd etdi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan barqarorlik siyosatining amaliy natijasi sifatida kombinatda ulkan iqtisodiy yuksalishga xizmat qiluvchi strategik investitsiya loyihalari jadal sur’atlarda hayotga tatbiq etilayotganiga to‘xtalib o‘tildi. Xususan, “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish mega-loyihasi doirasida qurilgan 3-Mis boyitish fabrikasi va uning infratuzilmalari, qurilishi boshlangan 4-Mis boyitish fabrikasi, yangi metallurgiya majmuasini qayd etdi. Kombinat ishchi-xodimlarining ijtimoiy va moddiy manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz hamda qulay sharoitlarda mehnat qilishlarini ta’minlash kombinat rahbariyatning doimiy diqqat markazida bo‘lishini va bu ezgu ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.
Tadbir davomida ko‘p yillar davomida kombinat rivoji, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va sanoat ravnaqi yo‘lida fidokorxona mehnat qilib kelayotgan bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi. Marosimda kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan 117 nafar fidoiy xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Mukofotlanganlar ushbu yuksak e’tirof va ishonch uchun hurmatli Yurtboshimizga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Taqdirlanganlar bu yuksak mukofotni shunchaki mehnat samarasi emas, balki kelgusidagi faoliyatlari uchun yana-da katta mas’uliyat va ishonch belgisi sifatida qabul qilganliklarini ta’kidladilar.
“Metallurg” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Axborot xizmati