• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ faoliyatini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

10 Iyul 2024, 9:14 2876

2024-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy apparat, vazirilikning tizimosti tashkilot, korxona va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Prezident qarori bilan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tashkil etilgani, litiy, grafit, volfram, tantal-niobiy, magniy kabi metallar xomashyosining mavjud zaxiralaridan samarali foydalanish, ularni chuqur qayta ishlash, mahsulot turlarini amaldagi 15 tadan 48 taga oshirish yangi tashkil etilgan kombinatning muhim vazifalaridan etib belgilangani ta’kidlandi.

Shuningdek, metallurgiya sohasida boy tajribaga ega, kombinat boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangan muqaddam Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdullayev Farxod Ravshanovich jamoaga tanishtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi
tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Bo`lishmoq:
Text to speech