"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Bugun biz kuchli, barqaror va farovon mintaqa — Yangi Markaziy Osiyoning mustahkam poydevorini yaratmoqdamiz. Mintaqamizda kechayotgan jarayonlar — bu ongli va ortga qaytmas tanlov. Ushbu yo‘l bizdan nafaqat birgalikdagi sa’y-harakatlarni, balki umumiy kelajagimiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyor bo‘lishimizni ham talab qiladi”.
Shavkat Mirziyoyev
Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Mazkur maqolada hozirgi va kelajakdagi hamkorlik harakatlari, “Markaziy Osiyo plyus” formatida xalqaro maydonda bir mintaqa sifatidagi ishtirok va Afg‘oniston masalasi haqida so‘z boradi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida tashkil etilgan ma’naviy-ma'rifiy tadbirlarda davlatimiz rahbarining maqolasining mazmun-mohiyati ishchi-xodimlarga yetkazildi.
Jumladan, Rux zavodi, Issiqlik elektr markazi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi kabi mehnat jamoalarida tashkil etilgan tadbirlarda maqolada bildirilgan fikr-mulohazalar, uning bugungi kunda ahamiyati dolzarb ekanligi ta’kidlandi.
Maqolada Markaziy Osiyo o‘z taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqichiga qadam qo‘yayotgani ta’kidlangan. U bugun mintaqa mamlakatlari birdamlik bosqichiga o‘tayayotgani, mintaqada uzoq yillar davomida ilk bor birgalikda oldinga qarab borish uchun poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti shakllanayotganini qayd etilgan.
Tadbirlarda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Bosh mehnat-xuquq inspektori R.Mavlyanov va “Metallurg “ MS kutubxonachilari M.Omonova va G.O‘razbayevalar ishtirok etishdi.
Mas’ullar Prezidentimizning ushbu maqolasi Yangi Markaziy Osiyoning tinchlik, farovonlik va taraqqiyotning yagona makoniga aylanish yo‘lidagi asosli murojaati ekanligini ta’kidlashdi.
Axborot xizmati