Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 10-11 dekabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tog‘-kon sanoati” uchinchi xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchi korxonalari rahbarlari, investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari, sohaning vakolatli organlari, nazorat organlari, ishlab chiqaruvchilar, uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchi, injiniring, qurilish-loyiha kompaniyalarining vakillari ishtirok etishdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov kongressni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlis, sessiyalarda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kongressda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari dolzarb mavzulardagi taqdimot va ma’ruzalari bilan chiqishlar qilishdi.
Shuningdek tadbirda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mas’ullari ham ishtirok etishib, taqdimot va ma’ruzalar qilsihdi.
Axborot xizmati