Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sir emas, kon-metallurgiya sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, bugun ushbu soha jadal o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Hozirgi kunda zahiralarning o‘sishini ta'minlash uchun yangi konlarni qidirish va bu ishlar uchun lig‘or texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish, qora, radioaktiv va noyob metallar metallurgiyaisining salohiyatini rivojlantirish, korxonalarning operatsion samaradorligini oshirish uchun tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish sanoatning asosiy strategik maqsadlari hisoblanadi.
Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari International Hotel Tashkent mehmonxonasida 5-bora o‘tkazilgan O‘zbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi yuqorida tilga olingan strategik maqsadlarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish uchun amaliy biznes maydoniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘magi ostida tashkil etilgan an'anaviy forumda Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Kanada, BAA, Rossiya, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya kabi davlatlar va yurtimizdan soha vakillari ishtirok etishdi.
“Xalqaro, mintaqaviy va mahalliy kon-metallurgiya sektorini rivojlantirish istiqbollari. Yangi muammolar – yangi strategiyalar” mavzusida tashkil etilgan forumda mavzu yuzasidan ekspertalr ishtirokida panel' sessiyalar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistonda, xalqaro miqyosda kon-metallurgiya sektorini rivojlantirish istiqbollari kabi dolzarb masalalar muhokama etildi. Tarmoq olida turgan muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari, mahalliy kon sanoatini o‘zgartirish masalalari, texnologik innovatsiyalarni joriy etish, turli xil konlarni qazib olish tajribasi kabi masalalar ham muhokama markazida bo‘ldi.
Mazkur xalqaro anjumanda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mas'ullari ham ishtirok etishib, panel sessiyalarda spiker sifatida ma'ruzalar qilishdi.
Jumladan, OKMK vakillari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ “Tog‘-metallurgiya sohasida tajriba, “Loyihalarning amalga oshirishning hozirgi holati: “Konlarni o‘zlashtirish – Yoshlik-1 koni” investitsiya loyhasi”, “3-Mis boyitish fabrikasi” kabi mavzularda ma'ruza qilishdi.
Abduqahhor Saynazarov, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisining texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, forum spikeri: - Forumda ishtirok etgan xorijiy muhandislik kompaniyalari o‘zlarining eng ilg‘or yutuqlarini Olmaliq sharoitida kombinatda joriy etishni istaydi. Masalan, forumda sanoat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan Kanada kompaniyasi kombinatga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Ispaniyaning elchixonasinining sanoat bo‘limi boshlig‘i ispan sanoat korxonalarini, muhandislik kompaniyalarini jalb qilib, Ispaniyada yoki O‘zbekistonda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida uchrashuv tashkil etish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, ko‘plab xorijiy kompaniyalarning vakillari hamkorlik yuzasidan o‘z takliflarini berishdi. Ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish jarayoniga taklif etdik. O‘ylamanki, ushbu forum sohaning yetakchi ekspertlari, biznes vakillari, kompaniyalari, moliya instutlari, davlat tuzilmalari va soha mutaxassislari o‘rtasida konstruktiv muloqot va tajriba almashish uchun noyob platforma vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, forum doirasida “O‘zekspomarkaz”da “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan-2023” 17- xalqaro ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda.
Ushbu ko‘rgazma Markaziy Osiyo mintaqasidagi tog‘-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoatining yetakchi ko‘rgazma tadbirlaridan biri bo‘lib, milliy va xalqaro hamkorlikni mustahkaamlash maqsadida butun dunyo tog‘-kon sohasi mutaxassislarini bir maydonda birlashtiradi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z stendlarida tog‘-kon sanoati mashinalari, uskunlari va texnologiyalari, kon-boyitish kombinatlari, shaxtalarida xavfsizlik ta'minlash yechimlari, metallsozlik va metallurgiya uchun ilg‘or dasturiy ta'minotlar, xizmatlarni taklif etishdi.
Ko‘rgazmada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ullari ham ishtirok etishdi.
OKMK Axborot xizmati