"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) volfram sanoatining eng nufuzli tashkiloti – Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a'zosiga aylandi.
Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi (ITIA) 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, volfram bozorini o‘rganish, tartibga solish monitoringi va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasi volfram qazib olish, qayta ishlash va iste'mol bozorlarini chuqur tahlil qilish, sohaga raqamli va analitik yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va barqaror yechimlarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ITIA Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniyalari hamda ilmiy markazlarini o‘z atrofiga birlashtirgan.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati ushbu tashkilotga qo‘shilish orqali jahon volfram sanoatining barqaror ishtirokchisiga aylandi. A'zolik esa O‘zTMKga global bozor ma'lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik hisobotlarni olish hamda yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning mazkur tashkilot a'zoligiga qabul qilinishi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022-yil dekabr oyida Ingichka boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirilishi va respublikada ilk marotaba volfram tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Yangi texnologiyaning sanoatga tatbiq etilishi natijasida 2022-yilning avgust oyida Ingichka konida ilk mahsulot olindi hamda bu mahsulotga xalqaro sertifikat berildi. 2024-yilda esa Ingichka boyitish fabrikasining ikkinchi navbati ishga tushirildi.
Bugungi kunda O‘zTMK yiliga 300 tonna volfram konsentrati ishlab chiqarilmoqda.
Axborot xizmati