Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng katta qurolli to‘qnashuv hisoblanadi. Unda O‘zbekistondan 1,5 milliondan ortiq kishi qatnashgan. Urushda yurtdoshlarimizning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘lgan. 133 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan. Mamlakat tinchligi va ozodligi uchun kurashgan nuroniylarimizdan biri hamshaharimiz Ashir ota O‘sarov hisoblanadi. Bugun otaxon 100 yoshni qarshi olib, farzandlari, nabiralari bag‘rida keksalik gashtini surmoqda.
Muqaddas Ramazon oyida mehr-muruvvat, xayr-saxovat va ezgu amallarni bajarish bardavomlik kasb etmoqda.
Joriy yilning 15-aprel kuni esa Oliy Majlis Senati a'zosi Abdulla Xursanov urush faxriysi holidan xabar olish maqsadida Ashir ota xonadoniga tashrif buyurdi.
Eslamoq og‘ir, ammo eslamaslik undan-da og‘ir. Senator bilan otaxon o‘rtasidagi samimiy suhbat chog‘ida Ashir ota o‘zbekning mard o‘g‘il-qizlari front ortida, shuningdek, urushning dahshatli jang maydonlarida mehnat va jangovarlik jasoratlarini ko‘rsatib urushda erishgan umumiy g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi ta'kidladi hamda o‘z xotiralarini yodga oldi.
Shuningdek, suhbat davomida otaxon: davlatimiz tomonidan nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rliklardan mamnunligini, muammolari har doim o‘z vaqtida hal qilinayotganligini bildirib, duoga qo‘l ochdi.
Shuningdek, otaxonga esdalik sovg‘alari va oziq-ovqat jamlanmalari ham topshirildi.
Kezi kelganda aytib o‘tish kerakki Nuroniylarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi.
Shu kunning o‘zida senator Abdulla Xursanov, shahrimizning “Namuna” mahallasida istiqomat qiluvchi, ayollar daftarida turuvchi, boquvchisini yo‘qotgan, qaramog‘ida imkoniyati cheklangan farzandi bor Go‘zal Yo‘ldosheva xonadonida ham bo‘ldi.
Tashrif davomida Senat a'zosi fuqaroni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi, turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berdi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil siyosat va islohotlar hamda ko‘rsatilgan bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan Go‘zal aya Yo‘ldoshevaning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. Bunga javoban Abdulla Xursanov yangi O‘zbekistonda barcha narsa xalq uchun, inson qadri uchun xizmat qilishini qayd etib bu kabi ezgu amallar davom ettirilishini bildirdi.
Bundan tashqari, onaxonga ham qimmatbaho sovg‘a va oziq ovqat jamlanmalari ham tuhfa etildi.
Axborot xizmati