• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Pokistonning geologiya, tog‘-kon sanoati delegatsiyasi vakillari OKMKda

28 Fevral 2025, 11:31 441

Ma'lumki, joriy yilning 25-26-fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Tashrif davomida har ikki tomonlama oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida har ikki davlat yetakchilari O‘zbekiston-Pokiston qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etishdi.

Forum doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, joriy yilning 27-fevral kuni OKMKga Pokistonning geologiya, tog‘-kon sanoati delegatsiya vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Dastlab, mehmonlar Qalmoqqir konida bo‘lishib, texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Asr loyihasi deya e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilgan “Yoshlik-1” koni mehmonlarning navbatdagi manzili bo‘ldi.

Hozirgi kunga kelib karyerni qurish bo‘yicha loyiha boshidan buyon 217,1 mln m3 kon yuzasini ochish ishlari bajarildi. Konning uzunligi 4,0 km, eni 2,3 km va chuqurligi 235 metrga yetdi. 41,63 km uzunlikdagi temir yo‘llar yotqizilib, elektrlashtirildi. Konda 400 ta texnika vositalari ishlamoqda.

Shuningdek, Pokiston davlati delegatsiyasi vakillarida 3-Mis boyitish fabrikasi ham katta taassurot qoldirdi.

Ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari so‘ngi bosqichlarda olib borilmoqda.

O‘zaro muzokaralar davomida ikkitomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olindi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu