• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Oliygoh va Zeppelin Central Asia Machinery kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

01 Iyun 2022, 8:43 1741

Joriy yilning 31 may kuni MTTU MISiS Olmaliq filiali hamda Zeppelin Central Asia Machinery kompaniyasi o‘rtasida (Caterpillar® kompaniyasining  O‘zbekistondagi rasmiy dileri) hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma'lumki Zeppelin Central Asia Machinery –Caterpillar kompaniyasining  O‘zbekistondagi rasmiy dileri hisoblanib, shuningdek, Zeppelin GmbH nemis konsernining bir qismi ham sanaladi. Ushbu konsern esa Caterpillar kompaniyasining dunyodagi eng yirik dileridir.

Hamkorlik memorandumi doirasida  ta'lim, fan va mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, «Caterpillar» kompaniyasining texnika vositalaridan foydalanilayotgan va ularga servis xizmati ko‘rsatilayotgan korxonalarda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash masalasi ham muhokama etildi.

Shuningdek, oliygohning Olmaliq filialida «Caterpillar» kompaniyasining ilmiy-ta'lim markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu markaz so‘nggi texnika vositalari bilan jihozlangan bo‘ladi. Markazda  kon-metallurgiya sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan,  OKMK ishchi-xodimlarini ham, talabalar uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. O‘quv mashg‘ulotlariga «Caterpillar» kompaniyasi mutaxassislari jalb etilib, ta'lim jarayonida dunyoning ilg‘or amaliyoti qo‘llaniladi.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki «Caterpillar» kompaniyasining texnika vositalaridan OKMK tarkibiy bo‘linmalarida ko‘p yillardan buyon foydalanib kelinadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech