Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yildan-yilga rivojlanib borishi natijasida kombinat bilan dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida qiziqishlar bildirilmoqda.
Joriy yilning 24-fevral kuni OKMKga tashrif buyurgan Polsha davlati Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi Mixal Yaros boshchiligidagi delegatsiya vakillari tomonidan ham kelgusida OKMK bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifi bildirildi.
Polsha davlati delegatsiyasi vakillari dastlab “Metallurg” madaniyat saroyida bo‘lishib, kombinat muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.
Mehmonlarning navbatdagi manzili Qalmoqqir koni hamda 3-mis boyitish fabrikasi bo‘lishdi va kombinat ishlab chiqarish quvvatlari haqida to‘liq ma'lumotlar olishdi.
OKMK rahbariyati hamda Polsha davlati delegatsiyasi o‘rtasida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar o‘tkazildi.
Xususan, muzokalar davomida OKMK va Polshaning yirik “KGHM Polska Miedź S.A.” davlat korxonasi o‘rtasida iqtisodiyot uchun yangi va strategik xomashyolar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Har ikki tomon kelgusida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olishdi.
Ma'lumot uchun: “KGHM Polska Miedź S.A.” mis va kumush qazib olish hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan Polshaning tog‘-kon korporatsiyasidir.
Kompaniyaning bosh qarorgohi Polshaning Lyubin shahrida joylashgan.
“KGHM Polska Miedź S.A.” Polsha, Kanada, AQSh va Chilida to‘qqizta ochiq va yer osti konlarini boshqaradi.
2012-yilda kompaniya Kanadaning Quadra FNX Mining Ltd. korxonasini sotib olish orqali o‘zining xalqaro faoliyatini kengaytirdi.
Kompaniyaning asosiy mahsulotlariga mis, kumush, oltin, nikel, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin, sulfat kislotasi, selen va platina kiradi.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: