• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Portlatish materiallari zavodida taktik o'quv mashg'uloti

27 Fevral 2025, 12:42 589

Portlatish materiallari zavodi ma'muriy-maishiy binosida yong'in ro'y berdi. Aloqa-razvedka bo'linmasiga halokat darajasini aniqlash vazifasi qo'yilib, zararni aniqlash bo'yicha olib borilgan ishlar natijasida elektr va suv tarmoqlariga zarar yetib, 2 nafar ishchi jarohat olgani ma'lum bo'ldi.

Ro'y bergan yong'in zudlik bilan ko'ngilli o't o'chiruvchilar hamda kombinat ob'ektlarida yong'in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'limi tomonidan bartaraf etildi.

Ushbu voqea “Portlatish materiallari zavodida tabiy va tyexnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda obyekt rahbariyati va FM tuzilmalarining harakatlari” mavzusidagi taktik o'quv mashg'uloti ssenariysidan edi.

Tadbir davomida qutqaruv guruhi 1-qavatda xushidan ketib jarohatlangan ishchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatib tibbiy tayanch punkti hamshiralariga topshirdi.

OKMK Fuqaro muhofazasi otryadi 2-qavatda zilzila oqibatida jarohatlanganlarga yordam ko'rsatib halokat maydonidan olib chiqishdi.

Milliy gvardiya xodimlari esa zavod perimetrini qo'riqlashdi.

Mexanik avariyaviy texnik tamirlash guruhi tomonidan elektr tarmoqlari va suv tarmoqlari tiklandi.

Evakuatsiya guruhi Ma'muriy mayishiy binodan avtotransport vositalarini chiqib ketishi va ishchi-xodimlar va hujjatlarni, tovar moddiy boyliklarini evakuatsiya qilishni amalga oshirdi.

Amalga oshirilgan harakatlar natijasida jabrlanganlar tez yordam mashinasida xavfli hududdan olib ketildi.

Tovar moddiy boyliklari va hujjatlar evakuatsiya qilindi.

Taktik o'quv mashg'uloti yakunida har bir tashkilot va tuzilmalarning harakati baholandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu