• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mahalliylashtirish dasturi: O‘sish sur'ati 479,9 foiz

25 Iyul 2024, 9:57 948

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mahalliylashtirish dasturi samarali amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 6 oyi davomida kombinatda 255 ta loyiha bo‘yicha 837,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz (812,6 mlrd so‘m) 103,1 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati esa +479,9 foizni, import o‘rnini bosish samaradorligi 65,7 mln dollarni tashkil qildi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 684,4 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilganini alohida ta'kidlash joiz.

Yana bir e'tiborli jihat mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,53 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Korxonalar kesimida oladigan bo‘lsak 107 ta loyiha bo‘yicha 44,0 mlrd so‘mlik mahsulot Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida, 31 ta loyiha bo‘yicha 65,0 mlrd so‘mlik mahsulot Ilmiy birlashmada, 12,3 mlrd so‘mlik mahsulot Mis eritish zavodida tayyorlandi.

Bundan tashqari, dastur doirasida 3-Mis boyitish fabrikasi uchun 438,3 mlrd so‘mlik metallokonstruksiya ishlab chiqarilgan.

Portlovchi materiallar zavodida portlovchi moddalarni ishlab chiqarish 106,4 mlrd so‘mni, 8 ta mexanik ta'mirlash uchastkalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish 15,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, dastur doirasida “Interkon rollers” QK tomonidan 2,7 mlrd so‘mlik roliklar ishlab chiqarilgan.

Sanoat kooperatsiyasi va “shatakka” olish tizimi orqali yanvar-iyun oylarida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan 635,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar xarid qilinib, prognoz 123%ga bajarildi.

Qo‘shimcha ravishda o‘zlashtiriladigan yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJda 40 turdan oshiq (300 mlrd so‘m) quyma mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlandi.

“Avantec” qo‘shma korxonasida Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

OKMK mahalliylashtirish bo‘limi

Bo`lishmoq:
Text to speech