"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Avval xabar berilganidek, OKMKda “Korrupsiyaga qarshi kurash” oyligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” shiori ostida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan muhandis-texnik xodimlar va rahbarlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha chempionat oʻtkazildi.
Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari tashkil etilgan turnirning 3-oʻrini uchun boʻlib oʻtgan oʻyinida 6:3 hisobida Kasaba Uyushmasi vakillari Mis boyitish fabrikasi xodimlarini mag’lub etishdi.
Final bahsida Mis eritish zavodi va Qalmoqqir kon boshqarmasi jamoalari maydonga tushdilar.
Murosasiz kechgan oʻyinda mutloq ustunlik bilan Qalmoqqir kon boshqarmasi jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Turnir yakunida Mis boyitish fabrikasining, Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi boshligʻi Bahodir Umurzoqov - “Eng yaxshi hujumchi”, Qalmoqqir kon boshqarmasi Geologiya uchastkasi boshligʻi Ispand Fayziyev - “Eng yaxshi himoyachi”, Mis eritish zavodi Metallurgiya sexi mexanigi Abduqodir Hakimov - “Eng yaxshi darvozabon”, deya e’tirof etildi.
Bahriddin Usvaliyev,
Texnologik transport boshqarmasi yoshlar ittifoqi raisi