Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qalmoqqir kon boshqarmasida audit tekshiruvi

24 Iyun 2025, 10:9 898

Joriy yilning 20-30 may kunlari Qalmoqqir kon boshqarmasida Markaziy apparat mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan audit tekshiruvi o‘tkazildi.

Mazkur audit tekshiruvi hamda Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan kompleks tekshiruvi natijalari bo‘yicha kuni kecha muhokama yig‘ilishi kuni tashkil etildi.

Markaziy apparat mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Sh. Jurayev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tekshiruv natijalari muhokama etildi.

Jumladan, Sh. Jurayev tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan takroriy qoidabuzilishlarning har biriga to‘xtalib o‘tdi va ushbu qoidabuzilishlarni bartaraf etish choralari to‘g‘risida mas'ul bo‘lgan xodimlar bilan suhbat olib bordi.

Muhokama yakunida qoidabuzilish holatlarining aksariyat qismi elektr xo‘jaligi bilan bog‘liqligini ta'kidlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Qalmoqqir KBda mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq o‘tkazilib kelayotgan uch pog‘onali nazoratining uchinchi pog‘onasi, maqsadli va tezkor tekshiruvlari belgilangan tartibda o‘tkazilmayotgani qayd etdi. 5 oy davomida o‘tkazilgan tahlil natijalariga muvofiq Qalmoqqir KBda maqsadli va tezkor tekshiruv yakuni bo‘yicha qabul qilingan buyruqlar soni kamligi aniqlandi.

Tadbirda Olmaliq KTI Davlat inspektori N.Yuldashev so‘zga chiqib, o‘tkazilgan kompleks tekshiruvida aniqlangan qoidabuzilishlarga to‘xtaldi.

Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, Qalmoqqir KB va Tog‘-kon transport kompleksi va infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha direksiya rahbariyatiga va bosh mutaxassislariga kechiktirib bo‘lmas vazifalar berildi.

Iroda Almatova,

Markaziy apparat mehnat muhofazasi va

sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech