"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33... Bu safar omadi kelmadi. Kechagi o‘yinlarda ham u tikkan jamoalar yutqazib qo‘ydi. Bugun yana o‘ynaydi. Kecha tavakkaliga katta kredit olgan, u ham ko‘ziga kam ko‘rinib, tanishlaridan anchagina qarz ko‘tardi. Bugungi o‘yinlarda o‘sha yutqazganlarini ham chiqarib oladi. Hammaga ko‘rsatib qo‘yadi, hali. Xayolida u pul tikkan jamoalar raqiblarini yutib, ancha pul ishlab olishini, qarzlarini ham qutulishini, bir zumda boyib, barcha orzularini amalga oshirishini o‘ylarkan, bir tamshanib qo‘ydi. Ammo, u kutganidek bo‘lmadi. Yirik mablag‘ qo‘ldan ketdi. Endi u qarz botqog‘iga botgan, shirin orzular sarobga aylangandi. Nima qilish kerakligini anglamay, parishonxotir holda o‘tirardi. Endi unga baribir, hayotni qizig‘i qolmagan, qanday bo‘lmasin, bu muammolardan qutilishni o‘ylardi. Allohning omonatiga xiyonat qilar ekan, ko‘ziga yaqinlari ham ko‘rinmadi. Qimor uning hayotini barbod qilgan edi...
Bugun yoshlar o‘rtasida ommalashib borayotgan onlayn qimor o‘yinlari afsuski, ko‘plab yoshlarning hayotini barbod qilayapti. Tezda boyib ketish ilinjida yoshlar hatto katta qarz olib, qimorga bor-budini yutqazib, xatto joniga qasd qilishgacha borishmoqda.
Joriy yilning 9-iyul kuni Mis eritish zavodi ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi profilaktik tadbirda bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan onlayn qimor masalalari muhokama etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari, Milliy bank Olmaliq filiali mas’ullari, “Hilol” jome masjidi imom noibi Saidmuhammadqori Maydinxonov ishtirok etishdi.
- Alloh taolo odam bolasiga juda ko‘p ne’matlar bergan, ularni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Shubhasiz, ular ichida eng qimmatli va muhimlaridan biri – hayot, tiriklik ne’matidir. Chunki bu ne’mat inson qolgan ne’matlarni qabul qilib olishiga sababchi bo‘ladi.Islom dinida ham o‘z joniga qasd qilish qattiq qoralanadi. O‘smirlik davrida yigit-qizlarning qarovsiz qolishi, turli nobop yo‘llarga kirishi, yomonlar bilan do‘st tutinishi, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvand moddalarga berilib qolishi ham o‘z joniga qasd qilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda onlayn qimor o‘yiniga berilib, qarzga botib, qarzni qutula olmay o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Afsuski, bekorchilik va ota-onalarning e’tiborsizligi sababli ba’zi yoshlarimiz bu “to‘r”larga tushib qolmoqdalar.Eng avallo, yoshlarimizni bunday noxush holatlarda asrash uchun ularni doimo nazorat qilib turish kerak. Atrofida kimlar bor, kimlar bilan do‘st bo‘lgan, telefonida nimalar bilan mashg‘ul. Ota-onalar farzandining telefonini muntazam ravishda nazorat qilishi lozim, deydi “Xilol” jome masjidi imom noibi Saidmuhammadqori Maydinxonov.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan onlayn firibgarliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mutaxassislar fuqarolarni doimiy ravishda ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirdilar. Ayniqsa, bankomatlardan pul yechayotgan vaqtda begona shaxslarning “kartamga pul o‘tkazib bering” yoki “naqdlashtirishga yordam bering” mazmunidagi so‘rovlari ortida ham yashirin firibgarlik sxemalari bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi. Bunday holatlarda begonalarning shubhali iltimoslarini bajarishdan tiyilish va shaxsiy hamda karta ma’lumotlarini sir saqlash zarurligi uqtirildi.
Shuningdek, tadbirda jinoyatchilikning oldini olish, har qanday huquqbuzarliklargi jazo muqararrligi ta’kidlandi.
Bu kabi tadbirlar kombinat tarkibiy bo‘linmalarida davom etadi.
Nosir Abduraximov,
MEZ Yoshlar ittifoqi raisi