"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 15-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasida «Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi» doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2026-yil 1-iyuldagi 207-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, xususan, joriy yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan kompleks tadbirlar doirasida o‘tkazildi.
Tinglovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari va koloniya shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirok etgan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Komplayens bo‘limi yetakchi mutaxassisi Imomali Botirov «Faqat birgalikda korrupsiyani to‘xtatamiz» mavzusida ma’ruza qildi. Mutaxassis o‘z nutqida xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, kasbiy etika va ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati nechog‘li muhim ekaniga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi «Ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Yangi qonunchilik normalari tizimda qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz muhitni qaror toptirishda bosh mezon bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va huquqiy asoslangan javoblar olishdi.
Axborot xizmati