"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati deganda ko‘pchilikning ko‘z oldida faqatgina mis yoki qimmatbaho metall ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tog‘-kon korxonasi namoyon bo‘ladi. Biroq kombinat nafaqat sanoat sohasini, balki turli ijtimoiy yo‘nalishlarni ham o‘zida jamlagan yirik industriya markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Uzoq yillardan beri ishchi-xodimlar hamda shahar aholisini poliz ekinlari, meva-sabzavot, baliq, go‘sht-sut va tikuvchilik mahsulotlari bilan ta’minlab kelayotgan Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi shular jumlasidandir. Ta’kidlash kerakki, boshqarmaning Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va yem-xashak tayyorlash uchastkasi mirishkorlari tomonidan joriy yilda ham yig‘im-terim ishlari yuksak darajada tashkil etilib, yuqori natijalar qayd etildi.
IMIChB yetakchi agronomi Shokir Ergashevning ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda qishloq xo‘jaligidagi ilk hosilni yig‘ib olish ishlari 4-may sanasidan boshlandi. 26-mayga qadar qora bug‘doy(tritikale) senaj (yem-xashak) uchun o‘rilib, sut-tovar fermasiga muvaffaqiyatli yetkazib berildi. Rejaga ko‘ra, 100 gektar sug‘oriladigan yer maydonidan 2200 tonna hosil olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, amalda 2295 tonna hosil olinib, reja 104,4 foizga bajarildi. Shuningdek, 40 gektar lalmi maydondan 612,6 tonna hosil olinib, bu boradagi reja ko‘rsatkichi 102,1 foizga uddalandi.
Ma’lumot uchun, qora bug‘doy agronomiyada eng yuqori samaradorlikka ega va tuproqni davolovchi siderat (yashil o‘g‘it) o‘simlik hisoblanadi. Uning ildizlari tuproqqa maxsus organik kislotalar ajratadi. Bu esa yer tubidagi erimaydigan fosfor birikmalarini eritib, keyingi ekiladigan hosilning yer ozuqasini oson o‘zlashtirishiga zamin yaratadi. Mazkur ekin turi juda tez o‘sadi va barglari bilan yer yuzasini qalin qoplab oladi. Natijada begona o‘tlarga quyosh nuri tushishi to‘silib, ular tabiiy ravishda nobud bo‘ladi.
Hozizgi kunda IMIChB mehnat jamoasi tomonidan 213,6 gektar maydonda bug‘doy, 110 gektarda makka silosi, 90 gektar hududda makka doni hamda 154 gektar joyda beda ekinlari parvarish qilinmoqda.
Yerdan unumli va samarali foydalanish maqsadida esa qora bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida qovun-tarvuz, makka silosi, kartoshka va bodring kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish rejalashtirilgan.
Axborot xizmati