Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 31 may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov tashrif buyurdi.
OKMK rahbariyati va elchi janoblari oʻrtasida tashkil etilgan uchrashuvda Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlatlari o’rtasida ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarining yildan-yilga mustahkamlanib borilayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, kombinatning qoʻshni davlat korxonalari bilan manfaatli hamkorligi boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.
Ma’lumot uchun: “Glencore International AG” kompaniyasi OKMK bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha Qozogʻistonning “Kaztsink” korxonasiga qoʻrgʻoshin tarkibli materiallari yetkazib beradi.
2022 yilda ushbu korxonaga 25 ming tonna qoʻrgʻoshin tarkibli materiallar yetkazib berilgan.
2023 yilning 1 iyun holatiga koʻra, «Kaztsink»ka 3 ming tonna qoʻrgʻoshin tarkibli materiallar yuborilgan. Yil oxiriga qadar esa 60 ming tonna ushbu mahsulot yetkazib berilishi koʻzda tutilgan.
Axborot xizmati