• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Quyosh panellari elektr energiyasini tejashni ta'minlaydi

18 Avgust 2023, 8:20 1748

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 473-sonli qaroriga binoan 2022-2026 yillarda «Olmaliq KMK» AJda umumiy quvvati 25,2 mln kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan.

Kombinatning tarkibiy bo‘linmasi sanalgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida ham bu borada amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Birlashmada oyiga o‘rtacha elektr energiyasiga bo‘lgan talab 3,8 million kVt/soatni tashkil qiladi.

2023-yilda elektr energiyasini iste'molini kamaytirish maqsadida birlashma sex va bo‘linmalariga 3100 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda birlashmaning barcha sex va bo‘linmalariga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Sentyabr oyida birlashmada quyosh panellari to‘liq o‘rnatib bo‘linadi. Shuningdek, birlashmaning Samarqand viloyatida joylashgan Ingichka boyitish fabrikasiga ham quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Birlashmada fotoelektr stansiyalarning joriy etilishi hisobiga 1 oyda 1,56 mlrd so‘mlik 1,56 mln kVt/soat elektr energiyasi iste’moli kamaytirildi. Bu birlashmaning umumiy elektr iste'molini 41%ni tashkil etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech