Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, Prezidentimizning 2023-yil 24-may sanasidagi “Ma'muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-sonli Farmoniga ko‘ra, 7 may sanasi O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanishi belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni “Bahor” mehmonxonasida OKMKda faoliyat yuritib kelayotgan soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov, Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar Ravshan Maksumov soha vakillarini samimiy muborakbod etishdi. Texnika asrida zamonaviy axborot texnologiyalarining sanoatda tutgan o‘rni va uning ishlab chiqarishga joriy etilishi yuqori samaradorlikni ta'minlayotgani ta'kidlandi.
Tadbir davomida OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kunini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, 4 nafar soha vakili Faxriy Yorliq bilan, 6 nafar ishchi-xodim esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
“Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Axborot texnologiyalari departamenti, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi kabi tarkibiy bo‘linmalarda hamda asosiy ishlab chiqarish korxonalarida 600 nafardan oshiq soha vakillari mehnat qilib kelishmoqda.
So‘nggi yillarda kombinatda raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Xususan, 2023-yilda biznes va texnologik jarayonlarni raqamlashtirish hamda ularni maqbullashtirish evaziga 224 mlrd so‘m iqtisod qilindi. Shuningdek ishchi resurslari, vaqt sarfi, 170 dan ortiq hujjat turlari raqamlashtirildi.
2024-yil davomida biznes va texnologik jarayonlarini raqamlashtirishni jadallashtirish maqsadida 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati