Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-332021-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida kombinat tarkibida yangi Mashinasozlik zavodini barpo etish masalasi ham muhokama etilgan edi.
Ushbu zavod Prezidentimizning 2021-yil 24-iyundagi “ Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5159 sonli qarori asosida hamda Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investisiyaviy loyihasi doirasida 2022-2026-yillarda OKMK bazasida yangi kon-metallurgiya mashinalari, texnikalar va uskunalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi bo‘yicha barpo etiladi.
Mazkur zavod qurilishi bo‘yicha OKMK bosh muhandisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Sergey Larionov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda MTMZ sexlari boshliqlari, yetakchi mutaxassislar va yangi loyiha mas'ullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda mazkur loyiha haqida ma'lumot berilib, hozirda amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy mashinasozlik zavodi qurilishi hamda birinchi galdagi vazifalar ham so‘z bordi.
Hozirda ushbu zavodning qurilish maydoni tanlangan. Zavod Rux zavodi yaqinida, sobiq temir-beton buyumlar zavodi hududida barpo etiladi. Zamonaviy mashinasozlik zavodining yillik quvvati 56 ming tonna metall quyish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zavod tarkibid quyish, mexanik-yig‘uv, temirchilik-payvandlash sexlari, shuningdek ta'mirlash-mexanik, energota'mir, xo‘jalik, olovbardoshli materiallar va metallar omborxonalari kabi yordamchi uchastkalari faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari, ma'muriy bino, ma'muriy-maishiy korpus, avtotransportlari uchun garaj va ishchilar oshxonasi kabi infrastruktura ob'ektlari ham quriladi.
Yig‘ilishda mashinasozlik zavodining direksiyasini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu direksiyada MTMZning yetakchi mutaxassislari loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tuzish uchun ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullanishadi. Ularning oldiga qurilishning barcha bosqichlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish vazifasi qo‘yildi. Ular har kuni berilgan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha hisobot berib borishadi.
Tadbirda ishlab chiqarish bilan muntazam aloqa o‘rnatish maqsadida yangi bo‘limni zavod qurilayotgan hudud yaqinida joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Yangi korxona qurilishida S.Larionov, turli xil omillar, shu jumladan, "yashil" iqtisodiyot ham hisobga olinganini, bu davlatimiz rahbarining Olmaliqqa tashrifi chog‘ida ham muhokama qilinib, kelajakda kombinat – har bir sanoat korxonasi o‘zini muqobil manbalardan olingan elektr energiyasi bilan ta'minlashi lozimligini ta'kidladi.
OKMK yangi tarkibiy bo‘linmasi "yashil" ishlab chiqarish bo‘ladi: ekologik toza, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadi.
Mexanik yig‘uv va boshqa sexlari quyosh panellari yordamida yoritiladi. Ma'muriy-maishiy korpus gelio-kollektorlarda elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Zavod ko‘chalarini ham yoritishdi quyosh batareyalaridan foydalanish lozimligi ta'kidlanib, bu borada tajriba ham borligi aytib o‘tildi. MTMZning kirish qismida turgan yoritish machti alleyasi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgani ma'lum qilindi.
Sexlarni isitishda issiq pollardan foydalanish taklifi ham berildi.
Ushbu masalalarni ko‘rib chiqilishi va loyihani tayyorlashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar tayyorlanishi kerakligi uqtirildi. OKMK bosh energetigiga kombinat rahbariyati tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar masalasini o‘rganish, kombinat bosh mexanigiga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish choralarini tayyorlash vazifasi topshirildi.
Tadbirda loyihalash ishlarida kimlar ishtirok etishi, loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash masalasi ham muhokama etildi. Qurilish ishlari loyig‘achilar tayyorlagan chizmalarga qat'iy amal qilinrgan holda bajarilishi lozimligi ta'kidlandi.
Loyiha-smeta hujjatlari bilan Loyiha ishlari boshqarmasi mutaxassislari shug‘ullanib, bu esa xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Yig‘ilishda so‘ngida S.Larionov, loyihani amalga oshirish jarayonida ayni paytda zavodning sex va yordamchi uchastkalarining joylashuvi bo‘yicha ishlar yakunlanganini, muhandislik-geologik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ariza joylashtirilganligini va texnik-tijorat taklifi olinganligini, zarur hujjatlar ro‘yxati o‘rganilganligini ma'lum qildi.
Va yangi sexlarning quvvati va elektr energiyasini iste'mol qilishni hisobga olgan holda modernizasiya qilingan zamonaviy dastgohlar va boshqa texnologik uskunalarni sotib olish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ta'kidladi.
Albatta, bu vazifalarni bajarish hammamizdan yuqori mas'uliyat, o‘z ishimizga puxta yondashuvni talab etadi,- dedi Sergey Vladimirovich.- Ishonchim komilki, OKMK rahbariyati tomonidan bizga ishonib topshirilgan bu vazifani bajaramiz va bu jarayon gigant zavodni qurishda yuzaga keladigan barcha muammolarni hisobga olgan holda, rejalashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi 3-mis boyitish fabrikasi uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish imkonini beradi va 4-mis boyitish fabrikasi uchun texnologik uskunalari bilan to‘liq ta'minlaydi. Yangi korxona ishga tushishi bilan 2000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Yig‘ilish davomida Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali a'zosi, mehnat faxriysi, uzoq yillar mobaynida MTMZga rahbarlik qilgan Valeriy Berezin hamda sex boshliqlari va mutaxassislar, loyiha ma'sullari o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
OKMK Axborot xizmati