• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashinuvi seminari

27 Aprel 2023, 8:35 1668

Joriy yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yirik sanoat korxonalari - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Navoiyuran" AJ, "O‘zbekko‘mir" AJ hamda vazirlikning raqamlashtirish sohasi mas'ul xodimlari ishtirokida tog‘-kon sanoati korxonalarining raqamlashtirish holati bo‘yicha tajriba almashinuvi seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov ham ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilarga OKMKda raqamlashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan to‘liq ma'lumot berildi. Unga ko‘ra, o‘tgan yilda kombinatda 48 ta loyiha amalga oshirilib, 330 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ tejalishiga erishilgan. Joriy yilning birinchi choragida esa 12 dan ortiq loyiha va vazifalar yakuniga yetkazilib, 40dan ortiq axborot tizimlari, telekommunikatsiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari kombinat xodimlariga faol xizmat ko‘rsatib, IT xodimlari tomonidan uzluksiz va barqaror ishlashi ta'minlangan.

OKMKda ikkinchi chorakda raqamlashtirish loyihalarini amalga oshirilishi bilan bir qator natijalar kutilmoqda. Jumladan, kombinatning barcha korxonalarida kirish/chiqish yagona boshqaruv va nazorat tizimi (SKUD) joriy etilishi natijasida qog‘oz ruxsatnomalar 100% ID kartalarga o‘tkazilib, ish vaqti hisobi avtomatlashtiriladi va mehnat intizomi nazorati yo‘lga qo‘yiladi.

“Jurnallar” axborot tizimi joriy etilishi orqali kombinatda 70% qog‘oz jurnallarni elektron formatda yuritish, tizimda ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyatini yaratiladi.

Angren kon boshqarmasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilishi yakuniga yetkazilib, asosiy texnologik uskunalarning “onlayn” nazorati va texnologik reglamentga muvofiq ishlab chiqarish jarayonini yuritish tizimi tashkil etiladi.

Mis boyitish fabrikasida konveyerlarining mexanik tarozilari 100% elektron tarozilarga yangilanadi va texnologik jarayonida ruda vaznini o‘lchash aniqligi oshiriladi.

Power BI axborot tizimi yordamida tezkor qaror qabul qilish uchun kerakli analitik ma'lumotlar va dashbordlar joriy etiladi. Tizim ishlab chiqarish va biznes jarayonlaridan, shuningdek, turli avtomatlashtirilgan tizimlardan avtomatik ravishda “onlayn” ma'lumotlarni jamlaydi va qayta ishlaydi.

Seminar davomida NKMK va Navoiyuran korxonalarida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bo‘yicha ham ishtirokchilarga ma'lumotlar berilib, muammoli masalalar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech