"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida keng miqyosida joriy etilayotgan raqamlashtirish yuqori mehnat unumdorligini ta'minlamoqda.
Buni Mis boyitish fabrikasi misolida oladigan bo‘lsak, aynan axborot kommunikatsion texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilishi o‘zining ijobiy natijasini berayapti.
Fabrikaning Chiqindi to‘plash sexi energetigi Shahzod Jo‘raevning ma'lum qilishicha, sexning 2A pulpanasos stansiyasi 60 yil mobaynida avtomatlashtirilmagan tizimda ishlab kelgan. Loyqa so'rgich(pulpanasos)larning barcha parametrlari va quvur yo‘nalishlarining holati faqat qo‘lda boshqarilib, nazora qilingan.
Stansiyada amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlari natijasida podshipniklarning haroratini, asosiy liniyalardagi pulьpa bosimini va Gidro zichlagichdagi suvni, shuningdek, elektr dvigatellarni tok ko‘rsatkichlarini nazorat qiluvchi yangi avtomatlashtirilgan tizimlar o‘rnatildi.
Barcha ma'lumotlar Fastwel kontrollerlari tomonidan to‘planadi va qayta ishlanadi. Bu o‘z navbatida qayta ishlangan ma'lumotlar Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi dasturchilari tomonidan yaratilgan SCADA tizimiga uzatiladi. Bu tizim o‘z vaqtida o‘zgarishlarni sezish va nosozliklarning oldini olish imkonini beradi. Bundan tashqari, barcha ma'lumotlar pulpanasos stansiyasining texnologik jarayonini keyingi bosqichlarini tahlil qilish uchun fabrika ma'lumotlar bazasida qayd etiladi.
Shuningdek, raqamlashtirish doirasida 3 km uzoqlikda joylashgan fabrikaga ma'lumot uzatish uchun ikkitomonlama radioko‘prik – simsiz aloqa tizimi ham ishga tushirildi.
Stansiyada xavfsizlik tizimi ham takomillashtirildi. Stansiya ishchi-xodimlarining ish vaqtini hisobga oladigan, kirish-chiqishni nazorat qilish tizimi(SKUD) o‘rnatildi. Hududni 24 soat davomida nazorat qilish imkonini beradigan kuzatuv kameralari qo‘yildi.
Yana bir muhim jihat, chiqindi to‘plash omborining to‘g‘onini ham avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu chiqindilarning chuqurligi va yorug‘lik qatlamini masofadan boshqarish imkonini beradi.
Axborot xizmati