"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 22-noyabr kuni Ijro apparatida “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Ijro apparatining barcha bo‘lim va xizmatlari mutaxassislari ishtirok etishdi.
So‘nggi yillarda OKMKda raqamlashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har bir sohaga raqamlashtirishning joriy etilishi natijasida yuqori mehnat unumdorligiga erishilmoqda.
Tadbirda kombinatda amalga oshirilayotgan “Raqamli OKMK” konsepsiyasi doirasidagi ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Unda bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv va texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga raqamlashtirish keng joriy etilib natijada yuqori mehnat samaradorligiga erishilayotgani ta'kidlandi. Kelgusidagi rejalar belgilanib, ishlab chiqarishni optimal tarzda boshqarish, tarmoq tizimlari, telefon aloqa va radioaloqa, kompyuter dasturlarini rivojlantirish yo‘nalishida samaradorlikka erishish maqsad qilib olindi.
OKMK Raqamlashtirish Departamenti yetakchi mutaxassisi Farrux Umrzoqovning aytishicha, “Raqamli OKMK-2030” konsepsiyasi doirasida bugun kombinat tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv va texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga raqamlashtirish keng joriy etilayapti.
Raqamlashtirish loyihalari tufayli mahsulot hajmi va sifati oshadi, foyda miqdori sezilarli darajada ko‘payadi. Bundan tashqari, ma'lumotlarning tartibga solinganligi va shaffofligi tufayli korxonaning xorijiy investorlar bilan ishlash, qolaversa, xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Tadbirda mana shu mavzularda atroflicha ma'lumotlar berildi, o‘zaro fikrlar almashildi.
Axborot xizmati