Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 4-oktabr kuni “Raqamli O‘zbekiston–2030" Konsepsiyasi doirasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
“O‘zavtosanoat” AJda tashkil etilgan seminarda Energetika vazirligi, Sanoat xavfsizligi, Davlat geologiya va mineral resurslar, Mudofaa sanoati, Davlat zahiralarini boshqarish qo‘mitalari, “O‘zavtosanoat”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zkimyosanoat”, "O‘zikkilamchiranglimetall", “O‘zbekko‘mir”, “Hududgazta'minot”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Navoiy KMK”, “Navoiyuran”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyatlari hamda “SamAuto” MChJ, “Jizzax Avtomobil Zavodi” MChJ mas'ullari ishtirok etishdi.
Seminar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qisqa muddatda erishilgan natijalar va IT-strategiyasining taqdimoti o‘tkazildi.
OKMKda 2022-yil yanvar-sentabr oylari davomida raqamlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishida 35 ta loyiha amaliyotga joriy etildi.
UzAvto tashkiloti o‘z navbatida ERP loyihasini namoyish etib o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Kelgusida doimiy ravishda bunday seminarlarni tashkillashtirib, tajriba almashib turishga kelishib olindi.
Taqdimotdan so‘ng o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, loyiha detallarining muhokamasi, OKMKga tashrif buyurib o‘rganish, hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Bu kabi tadbirlar barcha ishtirokchilar uchun har tomonlama foydali bo‘lishi shubhasiz.
Axborot xizmati