• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rekonstruksiya ishlari – uzluksiz elektr resurslarini yetkazishni ta'minlaydi

20 Sentyabr 2023, 14:28 1073

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Rux zavodidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoniga Energetika sexi mas'ul desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu sex tomonidan elektr energiyasi, siqilgan havo, issiq va sovuq suv, sanoat suvi, bug‘ kabi energetika resurslarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi tufayli texnologik zanjir talofatlarsiz davom etadi.

Sex boshlig‘i Alisher Agzamovning  ma'lum qilishicha, sex tarmoqlar va nimstansiyalar uchastkasi, kremniyli o‘zgartirish nimstansiyasi, yer osti tarmoqlar va kommunikatsiyalari uchastkasi, turbokompressor stansiyasi, suv sovitish inshooti va nasos stansiyasi kabi bo‘linmalardan tashkil topgan.

Zavod uchun muhim bo‘lgan elektr energiyasi 110 kV liniyalar orqali “Qoraqiyasoy” va “Adolat” nimstansiyalari orqali olinib, bosh pasaytirish nimstansiyasida 2ta TDNGU-63000/110/10, 1ta T-20000/110/6 va 1ta T-16000/110/6 transformatorlari orqali ta'minlanadi. Zavodning 1 kunlik elektr energiyasi sarfi 1 mln kilovattni tashkil etadi.

“Olmaliq KMK” AJning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga ko‘ra, Rux zavodida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari sexni ham chetlab o‘tmadi. Dastur asosida sexga APT-25000/850 tiristorli qayta rostlovchi (muvofiqlashtiruvchi) agregat o‘rnatildi. Ushbu agregat elektroliz vannalarining belgilangan me'yordagi elektroenergiyasini ishlatilishida muhim sanaladi. Agregatlar kengaytirilgan vazifalarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Jumladan agregat o‘zgarmas tokni mahalliy va masofaviy tartibga solishni ta'minlaydi. APTning asosiy parametrlarini o‘lchab, raqamli ravishda ko‘rsatib beradi. Ogohlantiruv va halokatli signalizatsiya xabarlarining arxivini olib boradi. Asosiysi agregat foydali ish koefisienti 98%ni tashkil etib, bu elektroenergiya ta'minotida yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

Bundan tashqari, Turbokompressor stansiyasidagi mavjud K-250 turbokompressorlari 3 donasi zamonaviy Hanwha SM-6100 kompressorlariga almashtirildi. Ushbu kompressorlarning afzalligi shundaki, siqilgan havo bilan zavod sexlarini uzluksiz ta'minlash imkonini beradi.

Ushbu uskuna havo chiqishi oqimini o‘ta aniq va samarali nazoratini olib boradi. Yuklamalarni doimiy nazorati hisobiga, elektr energiyasi ta'minotini kamaytirib beradi.

Oddiy konstruksiya evaziga texnik xizmat ko‘rsatishda minimal xarajatlar ketadi.

Yuqori samaradorlikka ega dvigatel esa elektr energiyasini tejaydi.

Shuningdek, suv sovitish inshooti va nasos stansiyasida ham modernizatsiya ishlari olib borildi. Xususan, zavodda 2ta seksiyali suv sovitish inshooti bo‘lib, har biri 192 m kvadrat maydonni egallaydi. Suv sovitish uskunasini asosiy vazifasi vakuum bug‘lantirish uskunasidan kelayotgan, qaytgan suvni sovitish hisoblanadi. 2021-2022 yillarda suv inshootlarida kapital ta'mirlash ishlari olib borilib, VG-70 ventilyatorlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, suvni parchalash va ushlab qolish tizimlari, sirkulyasion nasoslar zamonaviylariga almashtirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, sexda olib borilgan rekonstruksiya ishlari  zavodni uzluksiz elektr resurslari bilan ta'minlashdi muhim ahamiyat kasb etadi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech