• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida 176,6 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

17 Dekabr 2024, 10:39 421

Ma'lumki, joriy yilning 10-13 dekabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati ham o‘z stendi ostida 50 dan ziyod turdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari hamda import hajmlarini qisqartirish maqsadida 200 dan ziyod tovarlarni o‘zlashtirish uchun namoyish etdi.

Tadbirda 2024-yilda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda import hajmlarini qisqartirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar yuzasidan ishtirokchilar uchun taqdimot o‘zkazildi.

Taqdimotda 2025-yilga belgilangan mahalliylashtirish doirasida 1,3 trln so‘mlik 126 ta loyihalarini amalga oshirish, yirik sanoat korxonalari bilan import asbob-uskuna va tog‘-kon texnikalari ishlab chiqarilishini ta'minlash orqali 96 mln dollar valyuta mablag‘lari tejalishi bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, “Sanoat uchburchagi” dasturida 25 ta korxona “shatak”ga olinib 210 ta yangi ish o‘rinini yaratilishi va 27 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham ulashildi.

Yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan import mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar o‘zaro almashildi va qo‘shimcha ravishda barcha ishtirokchilarga 2 000 dan ziyod import tovarlar katalogi tarqatildi.

Kombinatning ishlab chiqarish faoliyatiga zarur bo‘lgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish maqsadida kunlik shartnomalar imzolandi. Yarmarka yakunida jami 176,6 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi. Xususan, kimyoviy regant va xomashyolar bo‘yicha 115 mlrd so‘mlik, ehtiyot qismlar va yarim tayyor mahsulotlar bo‘yicha 44 mlrd so‘mlik hamda butlovchi qismlar bo‘yicha 18 mlrd so‘mlik shartnomalardir.

Yil davomida barcha Respublika hududlarida bo‘lib o‘tgan sanoat yarmarkalari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlashga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga, import hajmlarini qisqartirishga va sanoatni salohiyatini yanada oshirishga imkoniyat yaratib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Abbos Abdullayev,

OKMK Markaziy apparati mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech