• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yuksak mukofot muborak!

06 Mart 2024, 9:28 347

Kuni kecha Prezidentimizning "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda mo‘'tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar bir qator mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Mukofotlanganlar orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Rux zavodi velslash sexi shixtalovchisi Kuchkarova Sayyora Yuldashevnaning ham borligi barchamizni quvontiradi. Farmonga ko‘ra, Kuchkarova Sayyora Yuldashevna «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.

Sayyora Kuchkarovani ushbu yuksak mukofot bilan kombinat mehnat ahli nomidan tabriklaymiz.

Bo`lishmoq:
Text to speech