• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Samarali ta'mir mahsulot tannarxini 10%ga tushirish imkonini yaratdi

09 Fevral 2024, 10:48 548

Ma'lumki, Angren kon boshqarmasining Oltin saralash fabrikasi Angren ruda kon maydonining “Ko‘ch-Buloq”, “Qizil-Olma” va “Qayrag‘och”, “Samarcho‘q” konlari rudalarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan.

Fabrikaning texnologik sxemasi ma'danlarni yanchish, flotatsiyalash, quyuqlashtirish, filtrlash va flotatsiyalangan konsentratlarni quritish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Jarayonlar yakunida olingan flotatsiya konsentratlari oltin va kumush olish uchun Mis eritish zavodiga yuboriladi.  2024-yil uchun belgilangan ishlab chiqarish bashoratlariga ko‘ra, fabrika mehnat jamoasi zimmasiga 740 ming tonna miqdorida rudalarni qayta ishlash vazifasi yuklatilgan. O‘tgan hisobot yilida fabrika tomonidan rudalarni qayta ishlash rejasi 104% ga ortig‘i bilan bajarildi. Birinchi va ikkinchi metalllarni ajratib olish bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlar ham mos ravishda 101% va 103% ni tashkil etdi. Gidrosiklonlar qum oqimlariga markazga intilma konsentratorlarning o‘rnatilishi oltinning saralab olinishini 1,0-1,5 foizga oshirilishiga xizmat qildi. Texnologik va energetika uskunalarining energiya samarador uskunalarga almashtirilishi texnologik uskunalar ish koeffisentlarini oshirish shu jumladan, uskuna va jihozlarda olib borilayotgan barcha turlardagi ta'mirlarning o‘z vaqtida olib borilishi mahsulot tannarxini o‘tgan yilda 10% ga tushirish imkonini yaratdi. Joriy yilda Oltin saralash fabrikasida bu ko‘rsatkichni 15 % gacha yetkazish maqsad qilingan.

Rejali oldini olish ta'mirlar jadvaliga asosan, joriy yilning 5-fevral kuni fabrikaning barcha uskuna, jihoz va qurilmalari rejali oldini olish ta'miriga to‘xtatildi. Fabrika bosh mexanigi Rustamxon Qodirxonovning ta'kidlashicha, Rejali oldini olish ta'mirlari (ROOT) progressiv yemirilishlar, buzilishlar va amalda faoliyat yuritib kelayotgan uskunaning muddatida oldin ishdan chiqishining oldini olish, amalda faoliyat yuritib kelayotgan uskunaning doimiy ekspluatasion shayligini, uning samarali va xavfsiz ishlashini ta'minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ta'mir ishlari 12 soatdan ikki smenada tashkil etilgan. 60 nafardan ziyod chilangarlar, gaz elektr payvandchilaridan iborat brigadalar tuzilgan. Kon boshqarmasi bosh mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ta'mir rejasiga asosan, uch mingdan ziyod barcha mexanika va energetika qurilmalarida barcha ishlar o‘z muddatlarida bajarilishiga erishilmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech