• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sanoat chiqindilari uchastkasi

25 Mart 2024, 9:56 489

2-MBFning 70 yilligiga

“Olmaliq KMK” AJ 2-Mis boyitish fabrikasining mazkur uchastkasi zimmasiga boyitish jarayonlarining chiqindilarini transportirovka qilish, ularni joylashtirish, pulpalarni tiniqlashtirish va aylanma texnik suvlar harakatini tashkil etishdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan.

Sanoat chiqindilari uchastkasining pulpanasos stansiyasi 1971 yildan beri foliyat yuritib keladi. Fabrikaning maydalash va flotatsiyalash bo‘limi tomonidan doimiy ravishda chiqarilib boriluvchi pul'palar betonli pulpa uzatish tarmoqlari orqali qabul zumpfiga va undan so‘ng to‘rtta GRAK 1400/40 va GrK 1600/50 rusumli pulpa agregatlariga kelib tushadi. Ular yordamida pulpalar 2 ta magistral pulpa quvur o‘tkazgichlari orqali chiqindilarni to‘plash maydoniga tashlanadi. Pulpanasos stansiyasiga bundan tashqari, KM 30/20, KM 50/80 rusumli yuqori bosim nasoslari, VVK vertikal nasosi va DU-600 rusumli magistral zulfinlari o‘rnatilgan.

Pulpa nasos stansiyasidan chiqindilarni to‘plash omborigacha umumiy uzunligi 7 kilometrni tashkil qiladigan ikkita magistral quvur o‘tkazgichlari tortilgan. Ulardan biri faoliyat yuritayotganida ikkinchisi zahirada ushlab turiladi. Aynan ushbu magistral quvur o‘tkazgichlariga 1-sonli qayta muvofiqlashtirish qismi jihozlangan. Bu qism bir magistraldan boshqasini o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Pul'palar magistrallari yakuniy tomoniga 2-sonli qayta muvofiqlashtirish qismi montaj qilingan bo‘lib, bu qurilma yordamida bir pul'pa taqsimlash quvur o‘tkazgichlaridan boshqasiga o‘tilishi amalga oshirib boriladi.

2-MBFda qayta ishlangan rudalarning chiqindi pulpalaridan tashqari shlaklar chiqindilarini ham alohida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Temirga boy tarkibli pul'palar 7 ta maxsus maydonlarga navbat-navbati bilan joylashtirib boriladi. Bu pul'palar quritilgan holatda mamlakatimiz sement ishlab chiqarish korxonalariga qo‘shimcha xom ashyo sifatida yuklab jo‘natiladi. Birgina o‘tgan 2023 yilning o‘zida uchastka tomonidan 100 milliard so‘mlik 400 ming tonnadan ziyod qo‘shimchalar iste'molchilarga jo‘natildi.

Joriy yilda Sanoat chiqindilari uchastkasi jamoasi zimmasiga 500 ming tonna miqdorida quritilgan pulpali qo‘shimcha larni jo‘natish vazifasi yuklatilgan.

2006 yildan beri mazkur uchastkaga rahbarlik qilib kelayotgan Asqarbek Jumanov qo‘l ostida 36 nafar ishchi-xodimlardan iborat ahil jamoa shakllangan. Elektromexanika xizmatining uskunalar ta'miri bo‘yicha ustasi Minavvar Xoljigitov mavjud barcha uskunalarning samaradorlikda ekspluatatsiya qilinishi borasida uchastka boshlig‘ining eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Yosh umidli rahbar-xodimlardan biri Jasur Tavbayev ham uchastka zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Azimxon Sattorxonov, Abdusattor Nishonov, Shuhrat Isaqulov, Qambarali Omonov kabi chilangar-ta'mirchilar pul'pa agregatlari va nasoslari, magistrallarga o‘rnatilgan zulfinlarning doimiy ish holatini gazelektrpayvandlovchilar Hasan Abduqodirov, Abror Abduqahhorov va O‘ktamboy Imonovlar bilan hamjihatlikda ta'minlab borishmoqda.

Uchastkadagi barcha agregatlarning elektr qurilmalari ishi Mirtemir Usmonov, Viktor Minduboyev, Qahramon Umarov va Rahmatjon Abdurahimov singari elektromontyorlarning qat'iy nazorati ostida. Nasos uskunalari mashinistlari G‘ayrat Abdurahmonov, Irgash Qirg‘izboev, Husniddin Rahmonov, Rasuljon Ro‘ziboyevlar tomonidan nasoslar hamda pulpalar magistral quvurlari barqaror faoliyat yuritmoqda.

Zarur bo‘ladigan ehtiyot va butlovchi qismlarni uchastkaga, shu bilan birga bevosita ta'mirlar olib borilayotgan joylarga yetkazib berish vazifasi traktorchi Abduhoshim Abduvaliyev zimmasiga yuklatilgan. Ko‘chma payvandlash agregatini belgilangan manzilga eltish va uning ishini muvofiqlashtirishda ham bu ishchining mahorati alohida ahamiyat kasb etadi.

Uchastka jamoasi tomonidan asosiy ishlab chiqarish vazifalari bilan bir qatorda uchastkaga chegaradosh hududlarni ko‘ka lamzorlashtirish ishlari ham keng miqyosda olib borilmoqda. Ular tomonidan yangi o‘zlashtirilgan 2 gektarga yaqin maydonga teraklar va ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekilib, parvarishlab kelinayapti.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech