Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sanoat ko‘rgazmasi OKMK uchun har tomonlama foydali bo‘ldi

06 May 2025, 15:46 1078

Joriy yilning 28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-sanoat aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi noyob imkoniyat bo‘lgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beshinchi yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy CAEx Uzbekistan ko‘rgazma maydonida  Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rgazmada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham o‘zining asosiy va mahalliylashtirilgan mahsulotlari hamda xizmatlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazmada kombinat faoliyati to‘g‘risida tarqatma materiallar ishtirokchilarga taqdim etildi. 

Ko‘rgazma doirasida OKMK rahbariyati va mas'ullari hamda Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk, Tomsk, Chelyabinsk, Orenburg, Penza viloyatlaridan, Boshqirdiston va Kareliya Respublikalaridan yirik ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari, yarmarkaga tashrif buyurgan korxonalar rahbarlari o‘rtasida respublikada kooperatsiya asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Barcha hamkorlik istagini bildirgan kompaniyalarga OKMK va hozirda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha  ma'lumotlar taqdim etildi.   

Ko‘rgazma doirasida xorij kompaniyalarining vakillari bilan ham o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha biznes-uchrashuvlar tashkil etildi. Natijada, ko‘rgazma yakuni bo‘yicha 10 dan oshiq kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishuvlar, memorandumlar tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida erishilgan shartnoma va kelishuvlar (memorandumlar) bo‘yicha mas'ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Ko‘rgazmaning yorqin voqealaridan biri MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida "GeometTex" ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha MISiS Fan va texnologiyalar universiteti  rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida imzolangan bitim bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda ko‘rgazma energetika va metallurgiya, sanoatni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalari boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun hamkorlik markaziga aylandi.

Abbos Abdullayev,

OKMK Mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech