• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sarhisob: Amalga oshirilgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar

24 Avgust 2022, 8:40 1269

Kuni kecha OKMK Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati Olmaliq komandalarining 2022 yilning olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda IHQX boshlig‘ining huquqiy masalalar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.O.Boboxujayev, xizmat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ye.Kosolapova, xizmat boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi v.v.b. S.Raximov, MM va XT muhandis M.Ahmedov, xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqchilar, 1-, 2-, 3-, 4-komanda va qorovul boshliqlari, shaxsiy tarkib xodimlari, shuningdek, har bir qorovul shaxsiy tarkibining  faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda komanda va qorovul boshliqlarining joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha axboroti, IHQXning 2022 yil 16 apreldagi “IHQXning har bir qorovul shaxsiy tarkibi orasidan 4 nafardan iborat faollar tarkibi shakllantirish to‘g‘risida”gi 16-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan faollarning amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglandi.

Tadbir so‘z olgan xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha yo‘riqchi B.Rasulov joriy yilning olti oyi davomida IHQX tomonidan erishilgan yutuqlar va kamchiliklar bo‘yicha axborot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi IIB TQXB 1-sonli IIBdan 24ta taqdimnoma kelib tushgan. Shulardan 18 tasi IHQX xodimlariga tegishli bo‘lib, Jinoyat Kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha 1 ta,  MJtKning  61-moddasi (oz miqdorda talon-toroj qilish) bo‘yicha 5 ta, JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) bo‘yicha 2 ta, xodimning ishchi yo‘riqnoma talabi buzilishi bo‘yicha 9 ta taqdimnoma kelgan. Taqdimnomalarga ko‘ra, Jinoyat Kodeksining 105-moddasi bo‘yicha 1 nafar, MJtKning 61-moddasi bo‘yicha 12 nafar, 169-moddasi bo‘yicha 16 nafar, xodimning ishchi yo‘riqnoma talabi buzilishi bo‘yicha 17 nafar xodim javobgarlikka tortilgan. Sud qaroriga ko‘ra, aybdor deb topilgan xodimlar o‘zining ishchi yo‘riqnomasini qo‘pol ravishda buzganligi uchun, ularni IHQXda qoldirish yoki qoldirmaslik masalasini IHQX Kasaba uyushmasi yig‘ilishida muhokama etib, ular  bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 75 nafar xodim tomonidan mehnat va xizmat intiomini buzilishi qayd etilgan.

IHQX boshlig‘ining huquqiy masalalar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Boboxo‘jaev yuqoridagi ma'lumotda keltirilgan achinarli holatlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirib, xizmat yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarning huquqlari, vazifalari va javobgarligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Xizmatning Namunaviy nizomiga muvofiq xodimga qo‘riqlanadigan ob'ektga tashrif buyurgan va uning hududida turgan shaxslardan “OKMK” AJ ob'ektlarida ruxsat berish va ob'ekt ichki tartiboti to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” qoidalariga rioya etishni talab qilish,  shaxsini tasdiqlaydigan va qo‘riqlanadigan obyektga kirish (chiqish) va unda bo‘lish, shuningdek, transport vositalarining kirishi (chiqishi), mol-mulkni qo‘riqlanadigan ob'ektlarga olib kirish (olib chiqish) huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish kabi xizmat vazifalari yuklatilgan.

Shuningdek, xodim qo‘riqlanadigan obyektlarda mol-mulkni saqlash shart-sharoitlarini, qo‘riqlashning muhandislik-texnik vositalari holatini tekshirishi, yong‘in xavfsizligini ta'minlash, ob'ektlarni qo‘riqlash va mol-mulk saqlanishi, ruxsat berish va ob'ekt ichki rejimi qoidalari buzilishi aniqlangan taqdirda ularga barham berish va ularga ko‘maklashadigan shart-sharoitlarni tugatish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishlari haqida xodimlarga tushuncha berib, komanda va qorovul boshliqlarini axborotini tinglash uchun minbarga taklif etdi.

Tadbir davomida har bir komanda va qorovul boshlig‘ining yilning 1-choragida xizmat faoliyati bo‘yicha axboroti tinglandi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda komanda va qorovul  boshliqlarining xizmatga bo‘lgan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta'kidlandi. Ayniqsa, komanda va qorovul boshliqlaridan xodimlar o‘rtasida xizmat intizomni mustahkamlash borasida muayyan ishlar olib borish zaruriyatini, ya'ni xodimlarni bilim malakasini oshirish maqsadida tasdiqlangan jadval asosida amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni chuqurroq o‘tkazishni, amaliyotdan kelib chiqib, kelgusida xizmatni yanada isloh qilish bo‘yicha rahbariyatga aniq takliflar bildirishlari talab qilindi.

Hisobot yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech